

Osiyo futbol konfederatsiyasi musobaqaning final bosqichida ishtirok etadigan 16 ta terma jamoaning to'liq ro'yxatini e'lon qildi.
Qatarda o'tkazilayotgan U-17 jahon chempionatida qita sharafini himoya qilayotgan to'qqizta terma jamoa Osiyo kubogi yo'llanmasini avtomatik tarzda qo'lga kiritgan bo'lsa, qolgan ettita jamoa saralash bosqichida o'z guruhida birinchi o'rinni egalladi.
U-17 Osiyo kubogi-2027 ishtirokchilari:
To'g'ridan-to'g'ri yo'llanma olganlar: O'zbekiston, Avstraliya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Qatar, Saudiya Arabistoni, Tojikiston va Vetnam.
Saralash bosqichi orqali yo'llanma olganlar: Indoneziya, Iroq, Suriya, Eron, Hindiston, Yaman va Livan.
E'tiborlisi, Qirg'iziston terma jamoasi saralash bosqichining so'nggi turida Mo'g'ulistonni 2:1 hisobida mag'lub etganiga qaramay, to'plar nisbati bo'yicha Yamanga imkoniyatni boy berdi. Suriya esa xuddi shu ko'rsatkich bo'yicha BAAni ortda qoldirdi.
Ma'lumot uchun, o'smirlar o'rtasidagi Osiyo kubogining final bosqichi 2027 yilning 13–29 may kunlari O'zbekistonda bo'lib o'tadi.



