"Bavariya"dagilar Musialani sotib yubormoqchi

Aslanov Jasurbek
21 noya 2026, 13:00
"Bavariya" kuzatuv kengashi a'zosi Karl-Xaync Rummenigge yarim himoyachi Jamal Musialaga sog'lig'idagi muammolar tufayli avvalgi darajasiga qaytish qiyin bo'lishini ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, avgust oyida 23 yoshli futbolchi mavsumoldi o'rtoqlik uchrashuvlari vaqtida nevrologik buzilish sabab to'rt kun ichida ikki marta hushidan ketgan edi.

"Afsuski, bizga ma'lum bo'lgan barcha ma'lumotlar Musialaga mana shu stadionda bir necha bor namoyish etgan o'sha yuqori darajaga qaytishi qiyin bo'lishini ko'rsatmoqda.

Hozir, shubhasiz, muammo bor va uni yumshatishga urinish befoyda. Biroq ehtimoliy echimlar haqida faqat vaziyat chindan ham buni taqozo etgan paytdagina mulohaza yurita boshlaymiz. Biz uning oilasi, futbolchining o'zi va agentligi bilan gaplashib olishimiz kerak bo'ladi. Chunki bunday sharoitda bu kabi raqamlar iqtisodiy jihatdan o'zini oqlamay qoladi - barcha hurmatni saqlagan holda aytyapman", - deya Rummeniggening so'zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Daniele Mari X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com