Jeymi Karrager: "Pochettino "kechagi kun odami"ga aylanib qolish xavfi ostida edi"

Aslanov Jasurbek
21 noya 2026, 14:15
"Liverpul" sobiq himoyachisi Jeymi Karrager Maurisio Pochettinoning "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi etib tayinlanishi haqida fikr bildirdi.

Mutaxassis 13 noyabr kuni mankunianliklarni qabul qilib oldi. "Manchester Yunayted" 10-turdan so'ng 8 ochko jamg'argan holda APL turnir jadvalida 18-o'rinni egallab turibdi.

"Manchester Yunayted" avvalgi safarlarda uning ushbu lavozimga da'vogarligini e'tiborsiz qoldirgani Pochettino faoliyati qanday rivojlangani va futbol manzarasi naqadar tez o'zgarishi mumkinligidan dalolat beradi.

2022 yilda Pochettino o'rniga Erik ten Hag tayinlandi va 2024 yilda Ineos boshqa variantlarni ko'rib chiqayotgan paytda ham o'z lavozimida qoldi. O'shanda sport direktori Jeyson Uilkoks Pochettinodan ko'ra Roberto De Dzerbi va Tomas Tuxelni afzal ko'rgan edi. E'tiborni boshqa nomzodlarga qaratgani uchun "Yunayted"ni tanqid qilib bo'lmasdi.

Premer-liga va Chempionlar Ligasida Pochettino "Sautgempton"da hammani hayratda qoldirgan va "Tottenxem"ni CHL finaliga olib chiqqan o'sha g'ayratli hamda xarizmatik murabbiy sifatida qabul qilinishdan to'xtab, "kechagi kun odami"ga aylanib qolish xavfi ostida qolgandi.

O'n yil muqaddam uning eng yaxshi jamoasi murabbiyning o'z aksi edi - kuch-g'ayrat, uslub va ambiciyalarga to'la. Hozirgi Pochettino "Old Trafford"ga kelganida xuddi shunday qiyofada namoyon bo'ladimi yoki yo'q - buni vaqt ko'rsatadi.

Skeptiklar Pochettinoning Shimoliy London klubidan ketganidan keyingi faoliyat ro'yxatiga nazar tashlab, unda avvalgi olov hali ham saqlanib qolganmi, degan savolni berishlari mumkin. Ehtimol, Manchesterga ko'chib o'tish ham murabbiyning o'zi, ham "Yunayted" uzoq kutgan o'sha uchqunga aylanar", - deb yozdi Karrager.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph