

"U jahon darajasidagi yarim himoyachi. Bunga hech qanday shubha yo'q. Maydon markazida "Arsenal" tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri. Klubda, shubhasiz, ajoyib futbolchilar bo'lgan va Rays ularning eng zo'rlari bilan bir qatorda turadi.
U APLning eng yaxshi yarim himoyachisi, buning ustiga katta farq bilan. Bu yerda hatto bahslashadigan narsa ham yo'q. Rays - bu mamlakatdagi eng yaxshi yarim himoyachi", – deya Karragerning so'zlarini keltiradi “Sky Sports”.

"Liverpul"ga qarshi uchrashuvda 27 yoshli angliyalik 16-daqiqada o'yindagi yagona golni urgan Kay Xavercga golli uzatma berdi.
Rays 2026/27 yilgi mavsum "Arsenal" safida 13 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 5 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.



