Deklan Rays: "Ispaniya terma jamoasini mag'lub eta olishimizni bilardik"

Sherzod Nurmatov
16 noya 2026, 13:55
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Deklan Rays Millatlar Ligasi guruh bosqichining 6-turi doirasida safarda Ispaniya ustidan qozonilgan g'alaba (3:2) haqida fikr bildirdi.

"Biz buni birinchi daqiqadanoq bilardik - dastlabki o'n daqiqamiz o'yinimizdagi eng yaxshisi bo'ldi deb ayta olaman. Bu tinimsiz bosim, bosim va yana bosim edi - ikkita yoki uchta gol urishimiz mumkin edi.

Agar bir kishi kam bo'lib qolmaganimizda, to'pga ko'proq egalik qilardik, ularning ko'proq sakrayotganini, bo'sh hududlar ko'payganini va hujumkor futbolchilarimiz ikkinchi bo'limdagidek ochilayotganini ko'rgan bo'lardik. Shunday jamoaga qarshi yarim soat o'n kishi bo'lib o'ynash va 3:2 hisobida g'alaba qozonish - bu ulkan natija.

Ularni mag'lub eta olishimizni bilardik. Xorvatiya bilan o'yindan so'ng murabbiyning so'zlari shunchalik ijobiy ediki, hamma bir-birini oldinga undadi. Bu erga shunchaki himoyada yotib olish va ularni qarshi hujumda ushlash uchun kelmaganimizni yaxshi bilardik", – deya futbolchining so'zlarini keltirdi “ITV Sport”.

Angliya (6 o'yindan so'ng 15 ochko) Millatlar Ligasi A divizionining 3-guruh jadvalida 1-o'rinni egalladi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ITV Sport