"So'g'diyona" "osmonida qora bulut": jamoa so'nggi 8 ta o'yinda g'alaba qozona olmadi

6 noya 2026, 23:20
Bugun "So'g'diyona" Superliganing 27-turi doirasida Zominda "Dinamo"ga 1:3 hisobida yutqazdi.

Shu orqali Ulug'bek Bakaev shogirdlarining g'alabasiz seriyasi 8ta o'yinga etdi. Jizzaxliklar 5 sentyabr kunida o'z maydonida "Mashal"ni mag'lub qilganidan beri g'alaba tamini totib ko'rgani yo'q.

"Mashal"dan keyin jamoa "Xorazm" (0:0), OKMK (1:2), "Lokomotiv" (2:3), "Bunyodkor" (1:1), kubokda "Andijon" (1:2), "Nasaf" (1:2), "Buxoro" (1:1) va "Dinamo" (1:3) kabi jamoalarga qarshi o'ynadi.

"So'g'diyona" navbatdagi uchrashuvini turnir jadvalida 15-o'rinda borayotgan "Qo'qon-1912" maydonida o'tkazadi. Ayni damda jizzaxliklar jadvalning 11-pog'onasini qayd etib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia