

Mirjalol Qosimov: “Natija uchun muxlislardan uzr so'rayman. O'yin tizgini qo'limizda edi. Uchrashuv boshidayoq gol urishimiz kerak edi. Ikkinchi bo'limda o'ylagan narsamiz o'xshamadi, chunki 10 kishi bo'lib qoldik. Abubakr Rizo Turdalievni maydonga tushirganimdan so'ng uni ko'rganim yo'q. Bahs oxirida 8 kishi bo'lib qoldik. Ahmadullo Muqumjonov ham bahsga qo'shilib keta olmadi. Futbolchi barqaror o'yin ko'rsatishi kerak. Imkoniyatlar bo'ldi, ulardan foydalana olmadik. Hujumga berilib ketdik va “Qizilqum” qarshi hujumdagi imkoniyatni golga aylantirdi”.
- “Qizilqum” gol urganidan so'ng tezda kiyinish xonasiga kirib ketdingiz…
- “Xursandligim” sabab kirib ketdim. Albatta, bu xazil. Gol bahsning oxirgi daqiqalarida urilgani tufayli jahlda “razdevalka”ga yo'l oldim.
- Bu o'yinda futbolchilarning hayoli “Navbahor”ga qarshi Kubok o'yinidadek tuyildi.
- Men ham sezdim. Tana maydonda, hayol boshqa joyda. Shu sabab ikkinchi bo'limda 10 kishi bo'lib o'ynadik. Balki bu meni xatoimdir.
- Yarim finalda boshqa OKMKni ko'ramizmi, chunki ko'pchilik keyingi bosqichga “Navbahor” chiqadi deyishyapti.
- Hamma bashorat qilishi mumkin. Qo'limizdan kelgancha harakat qilamiz. Agar o'yinga bo'lgan munosabat, muxlislarga bo'lgan hurmat shunday bo'lsa men ham o'sha fikrlarga qo'shilaman. Lekin bu bosqichga oson yetib kelganimiz yo'q. Bitta uchrashuvlik to'qnashuvda omad kimga kulib boqsa, o'sha jamoa g'alaba qozonadi.



