Rasman: "Andijon" sloveniyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
06 fev 12:13
Yangiliklar
Rasman: "Andijon" sloveniyalik futbolchi bilan shartnoma imzoladi
Jumladan, "Andijon" futbol klubi yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda
"Bizning safimizga sloveniyalik 23 yoshli iqtidor egasi Altin Kreziu qo'shildi va u bilan shartnoma imzolandi.
Yarim himoyachi yangi mavsumda “Andijon” sharafini himoya qiladi. Altin jamoamizning Antaliyadagi yig'iniga qo'shildi.
Malumot uchun, Altin Kreziu 2002 yilning 3 yanvar kuni tavallud topgan.
Futbolchi shu paytga qadar “Triglav” (Sloveniya)”, “Spal” (Italiya), “Torino” (Italiya), “Virton” (Belgiya), “Tabor” (Sloveniya), “Maribor” (Sloveniya) va “Lachi” (Albaniya) jamoalarida faoliyat olib borgan.
Altinning oxirgi klubi “Lachi” bo'lib, u erda 50 ta uchrashuvda maydonga tushgan va 1 ta gol urgan. Hozirgacha esa faoliyati mobaynida 118 ta uchrashuvda qatnashgan.
Altin, “Andijon” jamoamizning ahil oilasiga xush kelibsan!", - deyiladi klub xabarida.
Fikrlar