So’nggi yangiliklar

02:56Африкадан яна икки терма жамоа Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  2 02:05ЖЧ саралаши. Италия, Испания ва Туркиядан йирик ғалаба. Португалия ва Венгрия дуранг қайд этишди, Роналдудан дубль  3 01:52Англия терма жамоаси Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди. Инглизлар Европада биринчи бўлишди  0 01:40Саудия Арабистони Ироққа қарши ғалабага тенг дуранг қайд этиб, Жаҳон чемпионатига йўл олди!  4 01:00Роналду жаҳон рекордини ўрнатди  15 00:30Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Қозоғистонни мағлубиятга учратган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 00:10Қатар ўта драматик кечган ўйинда БААни мағлубиятга учратиб, Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди!  62 23:48Швеция терма жамоаси бош мураббий ёмон натижалар сабаб ишдан ҳайдалди  3 23:14Жанубий Африка Республикаси 2010 йилги мезбонликдан сўнг илк марта Жаҳон чемпионатига чиқди!  5 23:00Ўзбекистон ва Туркия U-17 терма жамоалари ўртасидаги учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 22:06А Сериянинг икки клуби Неймарга қизиқиш билдирмоқда, футболчи янги чақирувга тайёр  2 21:40Ёзнинг энг омадсиз трансферлари рўйхати эълон қилинди  4 20:50"Фенербахче" "Олтин тўп" соҳиби билан шартнома имзоламоқчи  2 20:11Равшан Ҳайдаров: "Қозоғистон билан ўйинларда икки хил таркибдан фойдаландик. Ўринбоев мушакларидан жароҳат олди"  3 19:24Рафинья "Эл Класико"да иштирок этмайди?!  1

Qirg'iz Respublikasi ustozi: "Ertaga O'zbekiston terma jamoasini hayron qoldira olamiz" Yangiliklar

Qirg'iz Respublikasi ustozi: "Ertaga O'zbekiston terma jamoasini hayron qoldira olamiz"

Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi bosh murabbiyi Maksim Lisicin va jamoa sardori Valeriy Kichin JCH-2026 3-saralash bosqichi doirasidagi O'zbekistonga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida qatnashdi.


"Barchaga xayrli kun. Tayyorgarligimiz reja bo'yicha ketmoqda. Biz Erondan qaytish uchun uzoq parvozni amalga oshirdik va faqatgina shu jihat bizga muammo tug'dirishi mumkin. Futbolchilar bahsga tayyor va ertaga maydonda eng yaxshi o'yinimizni namoyish etamiz", – dedi Lisicin.



"Barchaga salom. Jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Hammasi odatdagidek", – dedi Kichin.



- Erondagi uchrashuvdan so'ng O'zbekistonga qarshi o'yinga qanday tayyorgarlik ko'rdingiz? Balki taktik jihatlar bo'yicha biroz o'zgarishlar bo'lgandir...

- Aytib o'tganimdek, o'zgarishlar qilish uchun deyarli vaqt bo'lmadi. Tabiiyki, raqibni o'rganib chiqdik. Ertaga O'zbekiston terma jamoasini hayron qoldira olamiz degan fikrdaman.

- Terma jamoangiz Eronga qarshi uchrashuv kabi himoyaviy futbol namoyish etadimi yoki ertaga boshqacha taktika ko'ramizmi?

- Mendan bu haqda ko'p marotaba so'rashadi, ammo tushuning, maydonda ikkita jamoa harakat qiladi. Raqib ham o'z o'yinini o'tkazishga harakat qiladi. Biz o'zimizning ustunliklarimizni imkon qadar ochib bera oladigan taktika tanlashimiz kerak.

- Guljigit Aliqulov ko'p vaziyatlarda pas bermayotgandek hissiyot uyg'otyapti. Bunga fikringiz qanday?

- Bilasizmi, bu shunchaki chetdan bo'lgan nazar. Har bir futbolchining kuchli jihatlari bor, Guljigitdagi kuchli jihat – dribling. Siz bu savolni tanqidiy manoda bergan bo'lishingiz mumkin, ammo men bosh murabbiy sifatida o'z futbolchimni himoya qilishim kerak.


- Ertangi uchrashuvda g'alaba qozonishga bo'lgan imkoniyatlaringiz qanday?

- Valeriy aytib o'tganidek, futbolchilarimiz ishtiyoqqa to'la. SHunday ruhiyat bilan o'ynashda davom etsak, har bir uchrashuvda g'alaba qozonishimiz mumkin.

- Terma jamoa tarkibi yosharishi mumkinmi? Yosh futbolchilarni yig'inlarda ko'proq ko'ryapmiz...

- Yosh futbolchilarga to'xtaladigan bo'lsak, ularni tarkibga ko'proq jalb etyapmiz, lekin bir deganda jamoani yoshartirib yuborishning iloji yo'q. Hozirgi kunda o'z oldimizga qo'ygan maqsadlarimiz ham bor.

- Beknaz Almazbekov nega ushbu yig'inlarga jalb etilmadi?

- Beknaz Almazbekov o'z jamoasini o'zgartirgandi, shu sababli uni terma jamoaga chaqirmadik. U o'yin amaliyotisiz qolib ketdi. Hozirgi kunda o'ziga yangi jamoa topdi va men unga klubdagi faoliyatida omad tilayman. Keyingi yig'inlarda uni terma jamoa safida ko'rasiz. 

- Vaziyatlardan foydalanish masalasida nimalar deya olasiz?

- Yana bir bor takrorlayman. Bizda etarlicha vaqt bo'lgani yo'q. Biz imkon qadar tezroq tiklanishga harakat qildik. Vaziyatlardan foydalanish – futboldagi katta muammo. Ushbu muammoning echimini topa olsak, natijalarimiz keskin yaxshilanishiga ishonaman.

- Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi o'z tarixida birinchi marotaba uchinchi saralash bosqichida ishtirok etmoqda. Bu qanchalik qiyin ekan? Siz ham terma jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanganingizga ko'p vaqt bo'lgani yo'q. Tayyorgarlik uchun vaqt etarli bo'lmagani aniq...

- Mening fikrimcha, boshqa jamoalarning holati ham ajoyib emas. Bu erda asosiy faktor tajriba bo'la oladi. Bizga biroz tajriba etishmayapti. Menga keladigan bo'lsak, tarkibdagi ko'pgina futbolchilar bilan avval ham ishlaganman. Barcha futbolchilar bilan tanishman. Bu bizga katta muammo tug'dirmadi. Futbolchilar bilan kommunikaciya qilish muammo emas. Hozirgi muammomiz – o'yinimiz sifatini yaxshilash.

- Uzun parvoz sababli imkon qadar tezroq tiklanishga harakat qildik, deb aytdingiz. Futbolchilar ertangi uchrashuvga qanchalik tayyor?

- Biz imkon qadar tezroq tiklanishga harakat qildik. Ertangi uchrashuvda qanchalik tiklanishga ulgurganimizni bilib olamiz. 

- Valeriy Kichinga savol: O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi Eldor SHomurodovni qanday to'xtatib qolmoqchisizlar?

- O'zbekiston terma jamoasi safida faqat SHomurodov maydonga tushsa, biz 100% tayyormiz deya olaman, lekin maydonda boshqa futbolchilar ham bo'ladi. 

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика