

Avvalroq kataloniyaliklar Xulian Alvares uchun taxminan 100 million evro taklif qilgani, biroq "Atletiko" futbolchini qo'yib yuborishdan bosh tortgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
"Cadena SER" nashrining ma'lum qilishicha, tomonlar o'rtasidagi muzokaralar hozircha to'xtab qolgan. Madrid klubi argentinalik hujumchini kelasi mavsum rejalarining muhim qismi sifatida ko'rmoqda va uni sotish niyatida emas.
Manbaga ko'ra, hozircha yagona real variant - "Arsenal"ga o'tish hisoblanadi. Biroq Alvaresning o'zi bu variantni ko'rib chiqmayapti. Agar u "Atletiko"ni tark etadigan bo'lsa, birinchi navbatda "Barselona" variantini ko'rib chiqadi. Shu bilan birga u transferni tezlashtirish uchun klubga bosim o'tkazmoqchi emas.
Xulian Alvares o'tgan mavsum La Liganing 29 uchrashuvda maydonga tushib, 8 gol va 4 golli uzatma muallifi bo'ldi.



