

Rossiyaliklar 70-daqiqaga qadar 0:2 hisobida ortda borayotgan edi. "Lokomotiv" futbolchisi 66-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, dubl qayd etdi.
"Rostini aytsam, burchak to'pidan juda oson gol o'tkazib yubordik.
Tanaffusdan keyin kiyinish xonasida gaplashib olgandek bo'ldik, ammo ikkinchi gol ham biz uchun sovuq dush bo'ldi.
Vaziyatni tahlil qilamiz, nazariy mashg'ulotda bu haqda gaplashamiz. Ishonchim komilki, aybdorlarni albatta topamiz", - dedi Komlichenko.



