"Bavariya" "Liverpul" iqtidorini kuzatmoqda

6 iyun 2026, 00:35
"Bavariya" hujum chizig'ini kuchaytirish uchun bir nechta nomzodlarni ko'rib chiqmoqda.

"The Athletic" ma'lumotiga ko'ra, "Liverpul" vingeri Rio Ngumoa chap qanot uchun asosiy transfer maqsadlaridan biri bo'lib turibdi.

Qayd etilishicha, 17 yoshli futbolchining ehtimoliy transferini "Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani va klub rahbariyati qo'llab-quvvatlamoqda. Futbolchining o'zi ham nemis klubining qiziqishi haqida xabardor.

Hozircha "Bavariya" transfer masalasini muhokama qilish uchun "Liverpul" bilan rasmiy aloqaga chiqmagan. Mersisaydliklar esa Ngumoani sotish niyati yo'qligini bildirmoqda.

Rio Ngumoa o'tgan mavsumda APLning 19 ta uchrashuvda ishtirok etdi. U o'rtacha har bir o'yinda 29 daqiqa maydonda harakat qilib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Athletic