JCH. Marokash penaltilar seriyasida Niderlandiyani mag'lub etib, nimchorak finalga yo'l oldi

30 iyun 2026, 08:50
Jahon chempionati 1/16 final bosqichi doirasidagi bahs yakunlandi.

JCH, 1/16 final

Niderlandiya - Marokash 1:1

Gollar: 72 - Kodi Gakpo, 90+1 - Issa Diop

Niderlandiya: 1. Bart Verbryuggen, 22. Denzel Dumfris, 6. Yan Paul van Xekke, 4. Virjil van Deyk, 15. Mikki van de Ven (25. Yorrel Xato, 86’), 5. Natan Ake (20. Tyon Kopmeyners, 71’), 8. Rayan Gravenberx (26. Kvinten Timber, 86’), 21. Frenki de Yong (3. Marten de Ron, 110’), 19. Brayan Brobbi (9. Vaut Vegorst, 71’), 11. Kodi Gakpo (7. Jastin Klyuyvert, 113’), 24. Krisensio Sammervill.

Zaxira: 13. Robin Rufs, 23. Mark Flekken, 2. Lyutsxarel Gertreyda, 12. Mats Viffer, 14. Tijani Reynders, 16. Gus Til, 10. Memfis Depay, 17. Noa Lang, 18. Doniell Malen.

Marokash: 1. Yassin Bunu, 2. Ashraf Hakimi, 14. Issa Diop, 18. Shadi Riad (26. Anass Salax-Eddin, 75’), 3. Nussayr Mazraui, 6. Ayyub Buaddi (15. Samir El-Murabet, 79’), 24. Neyl El-Aynaui, 8. Azzedin Unai (17. Moxamed Amin Sbai, 86’), 23. Bilal El-Xannus (7. Shemsdin Talbi, 86’), 11. Ismael Saybari, 10. Braim Dias (20. Ayyub El-Kaabi, 79’).

Zaxira: 12. Munir, 22. Axmed Tagnauti, 5. Marvane Sadane, 19. Yussef Belammari, 25. Reduan Halal, 4. Sofyan Amrabat, 13. Zakariya El-Uaxdi, 16. Jessim Yassin, 9. Sufyan Raximi, 21. Ayub Amaymuni-Echguyab.

Ogohlantirishlar: 47 - Issa Diop

O'yin yakunlandi, Marokash - nimchorak finalda!

O'ninchi zarba - Saybari gol urdi!

To'qqizinchi zarba - Sammervilning zarbasini Bunu qaytardi!

Sakkizinchi zarba - Ashraf Hakimining zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi.

Ettinchi zarba - Timberning zarbasi juda noaniq bo'ldi.

Oltinchi zarba - Talbi gol urdi!

Beshinchi zarba - Vergxorst gol urdi!

To'rtinchi zarba - Rahimi gol urdi!

Uchinchi zarba - Klyuvertning zarbasi darvoza ustuniga tegdi.

Ikkinchi zarba - El-Aynaui noaniq tepdi.

Birinchi zarba - Kopmeyners gol urdi!

Penaltilar seriyasi boshlanmoqda. Dastlabki zarbani Niderlandiya beradi.

120+2. Qo'shimcha bo'limlar ham yakunlandi, navbat - penaltilar seriyasiga!

120. So'nggi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.

113. Niderlandiya to'rtinchi bo'limda ikki marta o'zgarishni amalga oshirdi.

110. Bahs asosan maydon markazida kechmoqda, ikki terma jamoa go'yo penaltilar seriyasiga rozidek.

🕛 106. Uchrashuvning so'nggi bo'limi boshlandi!

🕘 105. Birinchi ekstra-taym yakunlandi.

100. Marokash oldinga o'tishga urinmoqda, niderlandiyaliklar esa hozircha aytarli vaziyat yaratishmadi.

gettyimages-2283946882-2048x2048.jpg

97. Rahimining juda yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Verbryuggen ajoyib tarzda qaytarib yubordi!

🕛 91. Dastlabki qo'shimcha bo'lim boshlandi.

🕘 90+7. O'yinning asosiy vaqti yakunlandi. Navbat - qo'shimcha bo'limlarga!

90+2. So'nggi daqiqalarda har ikki jamoa ham shoshishi aniq endi.

gettyimages-2283945404-2048x2048.jpg

⚽️ 90+1. GOL! Diop hisobni tenglashtirdi! Havolatib uzatilgan to'pni Issa bosh bilan darvozaga aniq yo'lladi!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

85. Dumfris o'ng qanotdan zo'r yurish qilib jarima maydonchasigacha kirdi, biroq yakuniy uzatmani xato berdi.

80. So'nggi dekada boshlandi, buyog'iga uchrashuv harorati oshadi.

77. Marokash katta kuch bilan oldinga o'tmoqda.

73. Hisob ochildi uchrashuvda va buyog'iga o'yin “yonadi”.

gettyimages-2283943950-2048x2048.jpg

⚽️ 72. GOL! Gakpo hisobni ochdi! Sammervil oldinga yurish qilib to'pni Kodiga uzatdi, uning zarbasi esa aniq bo'ldi!

68. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

63. Burchakdan uzatilgan to'p sal qolsa Dumfrisga tegib darvozadan joy olishi mumkin edi. Verbryuggen bu vaziyatda ham jamoasi joniga oro kirdi…

58. Marokash hujumlarni oshirmoqda: Bilal El-Xannusning erlatib bergan zarbasini Verbryuggen ushlab oldi.

52. Ashraf Hakimi juda yaqin masofadan darvozaga zarba yo'lladi, to'p to'singa tegib maydondan chiqib ketdi…

49. Ayyub Buaddining jarima maydonchasi tashqarisidan bergan zarbasi aniq bo'lmadi.

48. Mikki van de Venning bosh bilan yo'llagan zarbasini darvozabon ushlab oldi.

🕛 46. Ikkinchi bo'limga start berildi.

🕘 45+6. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+6. Jarima zarbasidan uzatilgan to'pga Saybari eta olmadi…

45+3. Azzedin Unaining zarbasi noaniq bo'ldi.

45. Birinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

44. van Xekkening kuchli zarbasini Bunu qaytardi!

38. Mikki van de Ven raqib bilan to'qnashuvda jabrlandi, boshidan qon oqmoqda.

36. Dumfris o'ngdan uzatayotganda to'p raqib qo'liga biroz tekkan ekan. Bu vaziyatda, tabiiyki, penalti belgilanmaydi. O'yin davom etadi.

35. Bosh hakam VAR bilan gaplashmoqda, qiziq, qaysi vaziyat ekan?!

32. Hozircha ikkita yaxshi vaziyat ko'rdik, qolgan vaqtlarda esa yakkakurashlarga boy o'yin ko'ryapmiz.

23. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

21. Ashrafdan kuchli zarba va Verbryuggendan ikkinchi seyv!

gettyimages-2283936671-2048x2048.jpg

20. Neyl El-Aynauining yaqin masofadan yo'llagan zarbasini Verbryuggen qaytardi!

16. Sammervil juda yaxshi vaziyatga chiqib bordi va to'pni Brobbiga uzatdi, ammo himoyachi to'pni qaytardi. Qo'shimchasiga bu holatda offsayd ham qayd etildi.

12. Bahs asosan maydon markazida kechmoqda, o'tgan daqiqalarda aytarli xavfli vaziyat ko'rmadik.

6. Dastlabki daqiqalarda to'p nazorati yevropaliklarda.

🕛 1. O'yin boshlandi!

Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Jahon chempionati 1/16 final bosqichi doirasidagi Niderlandiya - Marokash bahsining matnli translyatsiyani kuzatib borishga taklif etamiz!

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia