

"Turnirni ushbu bosqichda tark etishga majbur bo'lganimizdan juda xafaman, ammo futbolchilar bugun xuddi shu yo'lning boshidan beri harakat qilganlaridek, bor kuchlarini berishdi. Murabbiylar shtabi ham futbolchilarni qo'llab-quvvatlab, tinimsiz mehnat qildi. Hafsalam pir bo'ldi. Ammo men bu natijani qabul qilishni va undan yanada kuchliroq bo'lish uchun foydalanishni xohlayman", - deya Moriyasuning so'zlarini FIFA rasmiy sayti keltiradi.
Ushbu mag'lubiyatdan so'ng Yaponiya milliy terma jamoasi turnirdagi ishtirokini yakunladi.



