Eldor Shomurodov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida JCH yakuni bo'yicha xissiyotlari bilan bo'lishdi

30 iyun 2026, 09:13
O'zbekiston MTJ sardori Eldor Shomurodov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida JCH yakuni bo'yicha xissiyotlari bilan bo'lishdi.

Bolaligimdan Jahon chempionati maydoniga chiqishni orzu qilardim. Bugun esa bu orzuim ushaldi.

Buni so'z bilan tariflab bo'lmaydigan hissiyotlar.

Natija biz kutgandek bo'lmadi va bundan ham yaxshiroq bo'lishi mumkin edi. Ammo bu yo'l menga unutilmas xotiralar, bebaho tajriba va yanada kuchliroq bo'lish imkonini berdi.

Eng muhimi, O'zbekiston terma jamoasi sharafini Jahon chempionatida himoya qilish men uchun ulkan faxr va mas'uliyat bo'ldi.

Yo'limiz davomida meni va bizning Milliy jamoamizni qo'llab-quvvatlagan barchaga chin dildan rahmat.

Yo'limiz davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia