"Roma" qishda "Chelsi" hujumchisini o'z safiga qo'shib olishni maqsad qilgan

20 noya 2026, 09:35
"Roma" qishki transfer oynasida "Chelsi"ning qanot hujumchisi Jeymi Gittensni sotib olishdan manfaatdor.

Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, "bo'rilar" 22 yoshli vinger qishda transfer bozorida unchalik talabgir bo'lmasligiga umid qilishmoqda. Italiya klubi futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda. Shuningdek, muayyan shartlar bajarilgan taqdirda sotib olish majburiyati bandi qo'shilishi ham mumkin.

Joriy mavsumda Gittens Angliya liga kubogining ikkita o'yinida ishtirok etdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2032 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 25 million evroni tashkil etadi.

O'xshash yangiliklar

Manba: Corriere dello Sport