Romario: "Anchelotti, narsalaringni yig'ishtir va ket!"

Sherzod Nurmatov
16 noya 2026, 17:35
1994 yilgi jahon chempioni, Braziliya terma jamoasi sobiq futbolchisi Romario milliy jamoa bosh murabbiyi - italiyalik Karlo Anchelottini keskin tanqid qildi.

Bunga braziliyaliklarning Yaponiya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida 2:3 hisobida mag'lub bo'lgani sabab bo'ldi. Sobiq futbolchi Anchelottini zudlik bilan Braziliya terma jamoasini tark etishga chaqirdi:

“Anchelotti, etar! Narsalaringni yig'ishtir va ket! O'zing mashhur bo'lgan klub futboliga qayt.

Braziliya boshqa tavakkal qila olmaydi. Biz etarlicha sharmandalikni boshdan kechirdik. Yana bir Jahon chempionatini axlatga uloqtirishga haqqimiz yo'q”.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Spor Depor