Anchelotti: "Romario juda ko'p gapiradi"

Sherzod Nurmatov
16 noya 2026, 18:55
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o'rtoqlik uchrashuvida Yaponiyadan uchralgan mag'lubiyatdan (2:3) so'ng uning iste'fosini talab qilgan milliy jamoa sobiq hujumchisi Romarioga javob qaytardi.

"Bu so'z erkinligi, demokratik mamlakatda esa har kim o'z fikrini bildirish huquqiga ega. Romario o'z munosabatini bildirdi - haqiqatni, yolg'onni yoki bemani gaplarni aytish har kimning o'z huquqi. Haqiqat shundaki, Romario juda ko'p gapiradi va bu ham uning huquqi", – deya Anchelottining so'zlarini keltirdi “Globo”.

Italiyalik mutaxassis Braziliya terma jamoasidagi ishiga ham baho berib, jamoa hozircha yangilanish jarayonida ekanini ta'kidladi.

"Hozir Braziliya terma jamoasida futbolchilar va sxemalarni sinovdan o'tkazish bosqichi aniq ketmoqda. Yangi o'yinchilarni tekshiryapmiz. Biz doimo yaxshi o'ynashni xohlaymiz, lekin bir vaqtning o'zida ham sinovlar o'tkazish, ham tarkibni yangilash va to'liq tayyor jamoaga ega bo'lishning imkoni yo'q. Bu yo'nalishga katta ishonch bilan qarayapmiz va o'z vektorimiz bo'ylab harakat qilishda davom etamiz", – deya qo'shimcha qildi Anchelotti.

Avvalroq Romario Anchelottini tanqid qilib, Braziliya futbol konfederatsiyasi prezidenti Samir Shaudga murabbiyni iste'foga chiqarish talabi bilan murojaat qilgandi. Sobiq hujumchi italiyalik mutaxassis milliy jamoaga tayinlanganidan keyin umidlarni oqlamaganini aytgandi.

17 noyabr kuni Braziliya terma jamoasi Singapurga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Globo