Niderlandiya - futbol tarixida biror marta mag'lub bo'lmay, ketma-ket to'rt marta JCHdan chiqib ketgan ilk terma jamoa

30 iyun 2026, 09:40
Bugun Niderlandiya 1/16 finalda Marokashga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berishdi.

So'nggi 20 yil ichida Niderlandiya jahon chempionatlarida asosiy vaqtda biror marta ham mag'lub bo'lmagan - na guruh bosqichida, na pley-offda: Niderlandiya har safar qo'shimcha bo'limlarda yoki penaltilar seriyasida musobaqani tark etishmoqda.

JCH-2010 - qo'shimcha bo'limlarda Ispaniyaga yutqazishgan

JCH-2014 - penaltilar seriyasida Argentinaga yutqazishgan

JCH-2022 - penaltilar seriyasida Argentinaga yutqazishgan

JCH-2026 - penaltilar seriyasida Marokashga yutqazishgan

Niderlandiya so'nggi bor jahon chempionatlarida asosiy vaqtda 2006 yilda Portugaliyaga imkoniyatni boy bergan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: @pervsport