

Fransiya terma jamoasi futbolchisiga "Real" va PSJ klublari da'vogarlik qilmoqda.
"As" nashri xabariga ko'ra, Olise "Bavariya" uning vaziyati haqida qanday fikrda ekanini tushunib olish va nemis klubi uni qanchalik qadrlashiga ishonch hosil qilishni istaydi.
Olise va uning atrofidagilar Jahon chempionatidan so'ng vaziyatni xotirjam tahlil qilib, qanday poziciyada bo'lish kerakligini hal qilmoqchi.
Germaniya klubi Olise ular bilan gaplashishni istayotganidan xabardor va futbolchiga uning atrofidagi barcha mish-mishlar ta’sir qilayotganidan xavfsiramoqda.


