So’nggi yangiliklar

23:50ЕЧЛ финали. ПСЖ - "Интер" 0:0 (матнли трансляция)  22 23:10Раҳмоналиев экстра-таймларда майдонга тушган ўйинда "Сабаҳ" "Қорабоғ"ни енгиб, Озарбайжон кубоги соҳиби бўлди! Клуб Европа лигаси саралашида иштирок этади  0 22:50Баҳром Ҳайдаров: "Селекция ишлари ҳар бир жамоада мунтазам давом этади"  0 22:33Виталий Левченко: "Чемпионатда танаффус юзага келганида шу каби ўртоқлик ўйинлари жамоа учун фойдали бўлади"  0 22:05CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон 120 дақиқа давом этган финалда Тожикистонга аламли тарзда ютқазди  56 21:20Назорат учрашуви. "Нефтчи" Фарғонада "Қўқон-1912" билан дуранг ўйнади  1 20:55Ўзбекистон U-23 назорат ўйинида "Хоразм"ни мағлуб этди  0 20:22Бугун финал! УЕФА Чемпионлар Лигаси бош соврини кимга насиб қилади?  22 20:11ОФК вакиллари 2 юлдузли "Бунёдкор" академиясига қандай баҳо беришди?  2 20:00Холид Ал Данҳани: "Бор эътиборимиз Ўзбекистон билан ўйинга қаратилган"  3 18:50Ўзбекистон Кубоги финали олдидан: "Оил Стар" ва БМБ бош мураббийлари қандай фикр билдирди? (тўлиқ матбуот анжумани)  1 18:43"Реал" дарвозабони клубни тарк этишга яқин  1 18:10ҚПЛ. "Турон" меҳмонда "Улитау"га мағлуб бўлди, меҳмонлар сафида уч ўзбекистонлик ҳаракат қилди  0 17:38"Атлетико" Фернандо Торрес билан шартномани узайтирди  0 17:07АПЛнинг учта клуби Барколяни нишонга олди  1

Qirg'iziston terma jamoasi futbolchilari O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan nimalar deyishdi? Yangiliklar

Qirg'iziston terma jamoasi futbolchilari O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan nimalar deyishdi?

Superligamizda to'p tepayotgan Qirg'iziston terma jamoasi futbolchilari bilan suhbatlashdik. Ular O'zbekistonga qarshi uchrashuv oldidan nimalar deyishdi?

10 sentyabr kuni O'zbekiston va Qirg'iziston terma jamoalari Bishkekda JCH-2026 uchinchi saralash bahsi doirasida to'qnash kelishadi. "Dolon Omurzakov" stadionida o'tkaziladigan uchrashuv 19:00da start oladi. Saytimiz ijodkorlari esa, Qirg'iziston terma jamoasi futbolchilari bilan suhbat qurishdi va bo'lajak uchrashuv haqidagi fikrlari bilan qiziqishdi.


"Yaxshi tayyorgarlik ko'rdik va tayyorgarlik ko'rishda davom etmoqdamiz. Qiyin guruhdan joy olganmiz, ammo natijaga erishish uchun qiyinchiliklarni engib o'tishimiz kerak. Eronga qarshi birinchi uchrashuv qiyin kechdi. Kuchli raqib bilan to'qnash keldik. Biz eng yaxshi o'yinimizni namoyish etdik va munosib kurashdik deb o'ylayman. Biz bundan ham yaxshiroq o'ynay olamiz. Har bir uchrashuv va har bir raqibga qarshi o'ynashga tayyormiz.

Biz har bir o'yinga tayyormiz. Raqib kim bo'lishidan farqi yo'q. Maydonda eng yaxshi o'yinimizni ko'rsatishimiz kerak. Raqibimiz Eron bo'ladimi yoki O'zbekiston farqi yo'q" - deya fikr bildirdi Kojo Joel




"Erondagi uchrashuvda barcha ko'rsatmalarni bajardik. Yaxshi tayyorgarlik ko'rdik ham, ammo Eron ob-havosi hali hamon issiq. Bu bizga biroz noqulaylik tug'dirdi. Sifatli o'yin namoyish etdik va xavfli vaziyatlar ham yarata oldik. Dastlabki ikki uchrashuvdan kutilmalarimiz ijobiy. Maqsadimiz keyingi bosqichga yo'l olish. Qisqa vaqt ichida, uchinchi bosh murabbiy bilan ishlamoqdamiz. Murabbiylar almashinuvi bizga katta tasir o'tkazgani yo'q. Tarkib uzoq vaqtdan beri birga o'ynab kelmoqda va barcha futbolchilar bir-birini yaxshi bilishadi. Yangi bosh murabbiyimiz bilan bor-yo'g'i bitta rasmiy o'yin o'tkazdik xolos. Bizga biroz vaqt kerak. Murabbiyning ishini baholash uchun kamida bir nechta uchrashuvda ishtirok etishimiz kerak. Biz kecha Bishkekka qaytib keldik. O'yinga qadar ikkita mashg'ulot o'tkazamiz. Uzoq parvozdan so'ng tiklanib olishimiz uchun vaqt kerak bo'ldi. O'zbekistonga qarshi uchrashuvda faqatgina g'alaba qozonishni maqsad qilganmiz" - dedi Qirg'iziston terma jamoasi sardori Valeriy Kichin





"Eronga qarshi uchrashuvda uzoq parvozdan so'ng o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'ra olmadik. Alamli mag'lubiyatga uchradik, sababi gol urish uchun etarlicha vaziyatlar bo'ldi, ammo ulardan foydalana olmadik. Erondan ochko bilan ketishimiz mumkin edi. Mag'lubiyatga uchraganimizga yagona sabab - realizaciya. To'g'ri, terma jamoamiz bosh murabbiysi o'zgardi, ammo hozirgi murabbiyimiz bunga qadar yoshlar terma jamoasida ishlagan va deyarli barcha futbolchilar bilan tanish. Mahalliy chempionatimizda ham faoliyat olib borgan. Jamoada katta o'zgarishlar ro'y bermadi. O'zbekistonga ham tayyorgarlikni ko'rishni boshladik. Jamoani tahlil qilib chiqyapmiz" - deydi "Paxtakor" futbolchisi Kimi Merk


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика