So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  0 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  0 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  0 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Davron Fayziev: "Katanec o'rniga xorijiy murabbiy varianti ham ko'rib chiqildi. Kapadze uning yordamchilarini qoldirishga qaror qildi" Yangiliklar

Davron Fayziev: "Katanec o'rniga xorijiy murabbiy varianti ham ko'rib chiqildi. Kapadze uning yordamchilarini qoldirishga qaror qildi"

"Futbol" telekanalidagi "Gol" ko'rsatuvida O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze mehmon bo'ldi.

Ushbu ko'rsatuvda O'FA media departamenti rahbari Davron Fayziev ham ishtirok etdi. 


"Katanec noyabr oyida Qatardagi o'yin vaqtida ham o'zini yomon his qilgan va rahbariyatga murojaat qilib istefo berish variantini ko'rib chiqishni so'ragandi. Ammo u paytda bir-ikki kunlik masala edi (qisqa vaqtda safarda KXDRga qarshi o'yin bor edi). Jamoani qiyin holatda tashlab mumkin emasdi. SHu bois hamma kelishgan holda o'sha yig'inni ham birga yakunlashdi.

Katanec yanvar oyidagi yig'inga ham kela olmasligi oydinlashgach O'FAga rasmiy xat yubordi va ishini davom ettira olmasligini malum qildi. O'FA shundan keyingina istefoni qabul qildi va o'zaro do'stona xayrlashildi.

O'FA rahbariyati qisqa fursatda terma jamoa umuman jabr ko'rmaydigan variantni topishi kerak edi. Omadimiz bor edi Timur Kapadze barcha terma jamoalarda o'ynadi, milliy terma jamoada yordamchi ham bo'ldi, keyinroq Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishladi. Hamma tushundiki Kapadzedan zo'r nomzod yo'q. Lekin shunda ham barcha narsani o'z tartibi bor. O'FA murabbiylar kengashini yig'di, nomzodlarni taqidim etdi va shuni aytishim kerakki 100 foiz hamma Timur Kapadze variantini maqulladi. Nomzodlar orasida xorijiy murabbiylar ham bor edi. Ayni paytda har tomonlama mos murabbiy Timur Kapadze ekani oydinlashdi. O'ylaynmaki bu mantiqiy ham bo'ldi, sababi olimpiya terma jamoasidan keyin futbolchilar ham milliy terma jamoaga o'tadi.

Timur Kapadze Katanecning yordamchilarini terma jamoada qoldirishga qaror qildi. Yani mashg'ulot jarayonlarida keskin o'zgarishlar bo'lmaydi, lekin taktika, tarkib va natija uchun bosh murabbiy javobgar bo'ladi", - dedi Davron Fayziev.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика