Turkiya Superligasi. Istanbul va Trabzonda bayram yoxud 6-tur natijalari
02 okt 2019 12:35
Yangiliklar


Turkiya Superligasi. Istanbul va Trabzonda bayram yoxud 6-tur natijalari
Raqobatchi jamoalar to'qnashuvi
Turni boshlab bergan o'yinda, "Istanbul Bashakshehir" o'z muhlislari qarshisida "Rizespor"ni yirik hisobda taslim etdi va turnir jadvalida uni quvib etdi. Daniel Aleksich "dubl"ni rasmiylashtirgan bo'lsa, Gulbrandsen, Krivelli va Kaxvechilar bittadan gol urishdi. SHunday qilib, ketma-ket ikkita uchrashuvda 1:1 ko'rinishida durang qayd etgan jamoa 8-o'ringacha ko'tarilib oldi. "Qora dengiz chumchuqlari" esa, 12-qatorga sho'ng'idi.
Istanbul Basaksehir Danijel Aleksic - 19', Fredrik Gulbrandsen - 33', Danijel Aleksic - 73', Enzo Crivelli - 87', Irfan Kahveci - 90' |
Super Lig . 6-tur 27/09/2019, 23:30 0
:
5
Tugadi
|
Rizespor |
Stadion: Basaksehir Fatih Terim Stadyumu
Autsayder o'rtamiyonaga qarshi
"Qosimposho" mehmonda "Denizlispor" maydoniga safar qilib, g'alaba nashidasini surdi va shu tariqa, quyi pog'onalardan biroz uzoqlashib oldi. O'yin taqdirini hal qilgan yagona golga Xayradinovich mualliflik qilishdi. Dastlabki ikki turda g'alaba qozongan mezbonlar 9-o'ringa surilishdi va klubning omadsiz seriyasi to'rtta o'yinga etdi.
Denizlispor |
Super Lig . 6-tur 28/09/2019, 18:00 1
:
0
Tugadi
|
Kasimpasa Haris Hajradinovic - 67' |
Stadion: Denizli Ataturk Stadi
Etakchilar bellashuvi
Joriy mavsumda yagona mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan va musobaqa jadvali karvonboshisi bo'lib turgan "Alanyaspor" o'z uyida sovrinli o'rinlar uchun kurashishni maqsad qilgan "Sivasspor"ni qabul qildi. Murosa ko'chasi tanlangan uchrashuvda Fernando dastlabki daqiqadayoq hisobni ochgan bo'lsa, uning goliga mezbonlardan Papiss Sisse chiroyli goli bilan munosib javob qaytardi.
Alanyaspor Papiss Demba Cisse - 61' |
Super Lig . 6-tur 28/09/2019, 20:30 1
:
1
Tugadi
|
Sivasspor Fernando Santos - 1' |
Stadion: Bahcesehir Okullari Stadyumu
Ashaddiy dushmanlar jangida durang
Hamisha, Turkiya futboliga befarq bo'lmagan millionlab futbol ixlosmandlarining katta qiziqishiga sabab bo'ladigan "Galatasaroy" va "Fenerbaxche" qarama-qarshiligida bu safar hisob ochilmay qoldi. O'yin davomida ikkala jamoada ham gol urish uchun bir qator vaziyatlar yuzaga keldi. Biroq, ulardan samara chiqarishda noaniq harakat qilishdi. Natijada, o'ziga yarasha shonli tarixga ega bo'lgan klublarning turnir jadvalidagi o'rinlari o'zgarmay qoldi.
Galatasaray |
Super Lig . 6-tur 28/09/2019, 23:00 0
:
0
Tugadi
|
Fenerbahce |
Stadion: Ali Sami Yen Spor Kompleksi Turk Telekom Stadyumu
O'rtamiyona va autsayder bahsi
Oldingi tur doirasida "Gyoztepe" maydonida minimal hisob bilan mag'lub bo'lgan "Konyaspor" bu safar o'z uyida o'tkazilgan olti o'yinda uchtadan durang va mag'lubiyatni qayd etib, hali g'alaba qozonmagan "Qaysarispor"ni mehmon qildi va ishonchli hisob bilan muvaffaqiyat qozondi. Levan SHengeliyaning avtogoli bilan o'yinda hisob ochilgan bo'lsa, keyinchalik birinchi bo'lim so'nggida Miloshevich muvozanatni tikladi. Marko Evtovich asosiy vaqtning qo'shib berilgan sakkizinchi daqiqasida belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi va jamoasiga muhim g'alabani taqdim etdi.
Konyaspor Deni Milosevic - 45', Marko Jevtovic - 90' |
Super Lig . 6-tur 29/09/2019, 17:00 1
:
2
Tugadi
|
Kayserispor Levan Shengelia - 9' |
Stadion: Konya Buyuksehir Stadyumu
So'nggi pog'ona xukmdori Anqarada mehmon
Musobaqa boshidan beri o'tkazilgan o'yinlarning ikkitasida sulhga rozi bo'lib, qolgan to'rttasida mag'lub bo'lgan va shuningdek, to'plar nisbatiga ko'ra 6-12 ko'rinishida minus ko'rsatkichni qayd etib turgan yaqqol autsayder “Genchlerbiriligi” bu safargi turda “Anqaragyujyu”ga qarshi bahs olib bordi. Birinchi bo'limda hisob ochilmadi. Uchrashuvning ikkinchi yarmida oldiniga, Kandeyash o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi va jamoasini qiyin ahvolda qoldirdi. Biroz o'tib, Parlak farqni oshirdi. Oradan 7 daqiqa o'tar-o'tmas CHelikay ham avtogol muallifiga aylandi va mehmonlarning kuchi bundan ortig'iga etmadi. Ushbu natijadan keyin, Anqaraliklar to'rt pog'ona yuqorilab 11-qatorga joylashdi. “Genchlerbirligi” esa, so'nggi o'ringa mustahkam o'rnashib oldi.
Ankaragucu Daniel Candeias - 56', Ilhan Parlak - 68' |
Super Lig . 6-tur 29/09/2019, 19:30 1
:
2
Tugadi
|
Genclerbirligi Korcan Celikay - 75' |
Stadion: Eryaman Stadyumu
O'rtamiyonalar qarama-qarshiligi
Musobaqa jadvalida bir-biriga juda yaqin joylashgan jamoalar uchrashuvida “Yeni Malatyaspor” Antaliya shahriga safar qilib, “Antalyaspor”ga yirik hisobda yutqazib qo'ydi va raqibini oldinga o'tkazib yubordi. Hisobni ochuvchi golni SHaxeshux urgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda Akol va Ozmertlar bittadan to'p kiritishdi va muhim uch ochkoni taminlashdi. Mehmon jamoa 13-o'ringa tushib ketgan bo'lsa, antaliyaliklar qo'lga kiritilgan g'alabadan keyin bir amallab kuchli o'ntalikka kirib olishdi.
Antalyaspor Aatif Chahechouhe - 38', Ufuk Akyol - 61', Hakan Ozmert - 90' |
Super Lig . 6-tur 29/09/2019, 19:30 0
:
3
Tugadi
|
Yeni Malatyaspor |
Stadion: Antalya Stadyumu
Istanbulliklar Trabzonda sharmanda bo'lishdi
Joriy mavsum hech o'ziga o'xshamayotgan “Beshiktosh” etakchilar qatorida joylashgan va so'nggi o'yinlarda muvaffaqiyatli odimlayotgan “Trabzonspor” mehmoni bo'lib, yana mag'lubiyatga uchradi. Dastlab, Tokozning avtogoli bilan o'yinda hisob ochildi. Birinchi bo'lim ohirida ko'plab kuchli klublarda tajriba orttirgan Xose Ernesto Sosa o'rtadagi farqni ikkitaga oshirdi. Uchrashuvning ikkinchi yarmida, Nvakaeme hisobni yirik ko'rinishga olib kelgan bo'lsa, mehmonlar tarkibida zahiradan maydonga tushirilgan Gyuven Yalchin o'zini ko'rsatdi. Biroq, o'yin so'nggida yana o'sha Nvakaeme katta sahnaga chiqdi va o'zining ikkinchi jamoasining esa to'rtinchi golini kiritdi. Ushbu natijadan keyin, “Beshiktosh” autsayderga aylandi. “Trabzonspor” esa, 4-o'ringa chiqib oldi.
Trabzonspor Dorukhan Tokoz - 31', Jose Sosa - 42', Alexander Soerloth - 64', Anthony Nwakaeme - 88' |
Super Lig . 6-tur 29/09/2019, 22:00 1
:
4
Tugadi
|
Besiktas Guven Yalcin - 79' |
Stadion: Senol Gunes Akyazi Stadyumu
Turkiya Superligasi. Musobaqa jadvali
Xondamir Hakimov tayyorladi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar