

Okan Buruk jamoasi "Antalyaspor"ni 4:2 hisobida mag'lub etib, Superligani chempionat yakunlanishiga bir tur qolganida qo'lga kiritdi. Jamoa 77 ochko to'pladi, ikkinchi o'rinda borayotgan "Fenerbaxche" esa 73 ochko jamg'argan.
"Galatasaroy" ketma-ket to'rtinchi bor chempion bo'ldi. Uning Superligadagi jami g'alabalari soni 26 taga etdi - bu tarixdagi eng yaxshi natija. Ikkinchi o'rinda 2014 yildan beri g'olib bo'lmagan "Fenerbahche" (19 ta chempionlik) bormoqda.



