

Insayder Yag'iz Sabunkogluning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Istanbul klubi fransiyalik futbolchining shartnoma shartlari bilan qiziqqan.
Manbaga ko'ra, "Galatasaroy" tomonidan "Real"ga hozircha rasmiy taklif tushgani yo'q. Turkiya chempionlari hozircha faqat ma'lumot to'plash bilan cheklanishgan. Avvalroq, Kamavinga Fransiya milliy terma jamoasining JCH-2026 uchun qaydnomasidan joy olmaganidan keyin Madrid klubini tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Shuningdek, futbolchiga Dortmundning "Borussiya" klubi ham da'vogarlik qilayotgani aytilmoqda. OAV ma'lumotlariga ko'ra, "Real"ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlanishi kutilayotgan portugaliyalik mutaxassis Joze Mourinyu kelasi mavsumda Kamavinganing xizmatlariga ehtiyoj sezmayapti.


