MYU futbolchilari Pochettinoning ilk mashg'ulotidayoq "madaniy shok"ni boshdan kechirishdi

Aslanov Jasurbek
22 noya 2026, 14:01
"Manchester Yunayted" futbolchilari yangi bosh murabbiy Maurisio Pochettino qo'l ostidagi birinchi mashg'ulot paytidayoq "madaniy shok"ka tushib qolishdi.

Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda. Manba ma'lumotlariga ko'ra, o'yinchilar darhol jiddiy o'zgarishlarni sezishgan: mavsumning omadsiz startidan so'ng iste'foga chiqarilgan angliyalik Maykl Kerrik davridagi mashg'ulotlarga nisbatan jarayon ancha uzoqroq va intensivroq tus olgan.

Nashrning qayd etishicha, murabbiy futbolchilarni haqiqiy ish Angliya Premer-ligasi 11-turidan o'rin olgan 22 noyabr, yakshanba kuniga belgilangan "Liverpul"ga qarshi uchrashuvdan keyingina boshlanishi haqida ogohlantirgan. Pochettino klubga yetib kelganidan debyut o'yingacha to'rt kundan kamroq vaqt o'tgani sababli u jamoaga o'zining qatiy jismoniy talablarini to'liq qo'yishga hali ulgurmagan.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun