Hakam raqibining yuziga to'p otgani uchun Messini nima sababdan maydondan chetlatmaganini tushuntirdi

Aslanov Jasurbek
22 noya 2026, 13:36
MLS pley-offining birinchi bosqichi doirasidagi "Inter Mayami" va "Kolambus Kryu" o'rtasidagi uchrashuv (0:3) bosh hakami Allen Chepmen "flamingolar" hujumchisi Lionel Messini raqib o'yinchisi Gonsalo Tapiyaning yuziga to'p otgani uchun nega maydondan chetlatmaganiga izoh berdi.

Referi har ikki futbolchiga sariq kartochka ko'rsatgan edi.

"Qo'llanilgan kuch unchalik katta emasdi va qoidabuzarlik zo'ravonlik xatti-harakati darajasiga yetmadi", - deya Chepmenning so'zlaridan iqtibos keltiradi The Daily Star.

Mazkur hodisa birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda yuz berdi. Messi yon chiziqdan to'pni kuch bilan Tapiyaning yuziga otdi. O'sha paytda "Inter Mayami" raqibiga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berayotgan va maydonda bir kishi kam bo'lib harakatlanayotgan edi.

O'xshash yangiliklar

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Daily Star