

"Shuncha tajriba va mahoratga ega bo'la turib, Messi qanday qilib o'zini yo'qotib qo'yishi mumkin? Uning darajasidagi futbolchi qanday qilib o'zini boshqara olmay qoladi? Unda g'alaba qozonish istagi nihoyatda kuchli. Ehtimol, u eng raqobatbardosh futbolchidir, biroq menimcha, bu savolni umuman berishning hojati yo'q. Hozir eng muhimi - xotirjamlikni saqlash va yaxshi tayyorgarlik ko'rish, chunki bizda yana bir imkoniyat bor", - dedi Kazemiro jurnalist Xose Armandoning X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida e'lon qilingan videoda.



