

Birinchi bo'limdan so'ng "qaymoqranglilar" 0:1 hisobida imkoniyatni boy berishayotgan edi.
Mbappe - Diomandega: "O'yin hali tugagani yo'q, o'ylanishni bas qil".
Mbappe - Kamavingaga: "Agar sen bizga hech narsa demasang, unda biz oldinga yugurishimiz kerak".
Kamavinga: "Agar oldinga borishga qaror qilgan bo'lsangiz, boravering".
Mbappe: "Yaxshi, lekin muammo shundaki, ularning 23-raqamli futbolchisi, ikkinchi hujumchisi butun vaqt davomida mutlaqo yolg'iz qolib ketyapti", - deya futbolchilar suhbatini ko'rsatdi DAZN.
Ikkinchi bo'limda "Real" "Selta" darvozasini ikki bor ishg'ol qildi va g'alaba qozondi.



