Niderlandiyada kuzgacha futbol o'yinlari o'tkazilmaydi. "Ayaks" evrokuboklardan chetda qolishi mumkin
22 apr 2020 00:09
Yangiliklar


Niderlandiyada kuzgacha futbol o'yinlari o'tkazilmaydi. "Ayaks" evrokuboklardan chetda qolishi mumkin
Niderlandiya bosh vaziri Mark Rutte ishtirokidagi matbuot anjumanida elon qilinishicha, 1 sentyabrga qadar mamlakat hududidagi barcha ommaviy tadbirlar bekor qilinadi.
Bu futbol o'yinlarini (tomoshabinlarsiz uchrashuvlarni) ham o'z ichiga oladi. SHu tariqa futbol bo'yicha mamlakat chempionati bahslari tiklanmasligi aniq bo'ldi.
Mazkur qarorga qirollik futbol federaciyasi munosabat bildirgani yo'q. Avvalroq mamlakat chempionati iyun oyi o'rtalarida tiklanishi va uchrashuvlar tomoshabinlarsiz o'tkazilishi haqida xabar qilingandi.
UEFA esa chempionati yakuniga etkazilmagan mamlakat vakillarining evrokuboklarda ishtirok etolmasligi mumkinligini elon qilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar