So’nggi yangiliklar

08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  5 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  32 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  3 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3

Jamoliddin Rahmatullaev: "U-20 Jahon chempionatining Ozarbayjon va O'zbekistonga berilishi katta motivaciyadir" Yangiliklar

Jamoliddin Rahmatullaev: "U-20 Jahon chempionatining Ozarbayjon va O'zbekistonga berilishi katta motivaciyadir"

2027 yilgi U-20 Jahon chempionati Ozarbayjon va O'zbekiston mezbonligida o'tishi elon qilindi.

Mazkur musobaqada 2007-2008 yilda tug'ilgan futbolchilardan ibrat terma jamoamiz ishtirok etadi. Mazkur mavzu yuzasidan O'zbekiston U-18 terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullaev fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Kuni kecha FIFA biz uchun yoqimli xushxabarni elon qildi: 2027 yilda biz Ozarbayjon bilan birgalikda 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Jahon chempionatini qabul qilamiz. Bu juda nufuzli musobaqa va bejizga bizga ishonib topshirilmadi. Yurtimizga FIFA prezidenti Janni Infantino bir necha bor tashrif buyurib, futbolga davlat rahbari darajasida etibor qaratilganini o'z ko'zlari bilan ko'rdi. So'nggi tashrifi davomida esa yangi qurib bitkazilgan Olimpiya shaharchasi va O'zbekiston futbol associaciyasining zamonaviy futbol bazasi bilan ham tanishgan edi. Shuningdek, O'zbekistonda yuqori saviyada tashkil etilgan U-20 Osiyo kubogi hamda futzal bo'yicha kattalar o'rtasidagi Jahon chempionati ham bu qaror qabul qilinishiga katta turtki bo'lganini bemalol ayta olamiz.

Bu xabar nafaqat futbol jamoatchiligini, balki futbolsevar xalqimizni ham juda xursand qildi. Xursandchiligimiz bardavom bo'lsin!

Shaxsan men uchun ham bu juda quvonarli yangilik, chunki bu U-20 jamoamizdagi yigitlar uchun katta motivaciya va masuliyatdir. To'g'ri takidlaganingizdek, avval 2006 yilda tug'ilgan futbolchilar bilan U-17 Jahon chempionatida ishtirok etgan edik. O'sha tarkibdan Aziz Tolqinbekov, Behruz Karimov va Quvonch Abraev bugungi jamoamizga ham nomzod hisoblanadilar.

Tayyorgarlikka kelsak, oldimizda 9 va 12 oktyabr kunlari Ozarbayjon bilan Toshkentda xalqaro o'rtoqlik o'yinlari belgilangan. Keyingi bosqichda esa UFA bilan hamkorlikda batafsil tayyorgarlik rejasini tuzib olamiz. Jamoaning asosiy yirik sinovlari 2026 yildagi Osiyo kubogi saralash bosqichi hamda 2027 yildagi Osiyo va Jahon chempionatlari bo'ladi", – deydi Jamoliddin Rahmatullaev.


Abdulaziz Iskandarov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика