FIFA prezidenti yana bir bor O'zbekiston haqida fikr bildirdi

Khoja
7 okt 2025
FIFA Prezidenti Janni Infantino o'zining rasmiy sahifasida O'zbekiston va FIFA U-20 Jahon chempionati mezbonligi bilan tabrikladi va 2024-yil mamlakatimizda o'tkazilgan futzal bo'yicha Jahon chempionatini eslab o'tdi.

O'tgan yili bo'lib o'tgan FIFA futzal bo'yicha jahon chempionati finalidagi ishtirokim ajoyib xotiralar qoldirdi. O'sha musobaqada  Braziliya jamoasi tarixda rekord darajada - oltinchi bor chempionlikni qo'lga kiritdi!

Turnirga O'zbekiston yuqori saviyada mezbonlik qildi - yaqinda esa mamlakat 2027-yilgi FIFA U-20 jahon chempionati hammezboni sifatida e'lon qilindi. Mahalliy muxlislarning o'yindan olgan zavqi va futbolga bo'lgan muhabbatini ko'rib, juda xursand bo'ldim.


KhojaMuallif
Manba: Uzbekistan FA