Lempard qo'l ostidagi "Koventri" Chempoinshipda peshqadamlik qilmoqda
07 okt 2025 18:42
Yangiliklar
Lempard qo'l ostidagi "Koventri" Chempoinshipda peshqadamlik qilmoqda
O'tmishning mashhur futbolchisi Frenk Lempard boshqaruvidagi Chempionship klubi "Koventri" 9 o'yindan so'ng turnir jadvalini boshqarib bormoqda.
Lempard jamoasi so'nggi 3 o'yinda umumiy 12:0 hisobida g'alaba qozondi.
Shuningdek, Lempard shogirdlari hali ligada mag'lub bo'lmagan yagona jamoa bo'lib turibdi.
"Koventri" 19 ochkoga ega va 9 uchrashuvdan keyin Chempionshipda mag'lubiyatga uchramagan holda etakchilik qilyapti. Ulardan keyingi o'rinlarda "Midlsbro" (18 ochko), "Lester" (16 ochko), "Preston" (16 ochko) va "Stok Siti" (15 ochko) bormoqda.
Lempard "Koventri" boshqaruviga 2024 yilning noyabrida kelgandi. Jamoa o'tgan mavsum Chempionshipda 4-o'rinni o'rinni egallagan, ammo APLga chiqish uchun pley-offda "Sanderlend"dan engilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Родриго тиззасидан операция қилинди
Ла Лига. Ламин Ямалнинг голи "Барселона"га меҳмонда "Атлетик"га қарши ўйинда ғалаба тақдим этди
Fikrlar