O'FA "tilga kirdi" va Kannavaro bilan muzokaralar o'tkazilayotganini malum qildi
04 okt 2025 12:25
Yangiliklar
O'FA "tilga kirdi" va Kannavaro bilan muzokaralar o'tkazilayotganini malum qildi
"Ushbu tarixiy natija mamlakat futboli uchun yangi sahifa hisoblansa, navbatdagi ustuvor vazifa – Jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko'rish va musobaqada munosib ishtirok etishni tashkil etish.
O'zbekiston futbol associaciyasi tomonidan bu borada barcha yo'nalishlarda tizimli ishlar boshlab yuborilgan. Jumladan, xalqaro tajribaga ega va Jahon chempionatida ishtirok etgan mutaxassislarni terma jamoaga taklif etish bo'yicha say-harakatlar davom etmoqda. Xususan, O'FA rahbariyati bu borada yaqin o'tmishning yorqin yulduzlaridan biri, Jahon chempionati g'olibi, 2006 yilda dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan taniqli italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro bilan muzokaralar olib bormoqda", – deyiladi xabarda.
Avvalroq Kannavaro O'zbekiston terma jamoasida Evropa grandlari murabbiylaridan ko'ra ko'proq maosh olishi haqida malumot paydo bo'lgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar