O'FA "tilga kirdi" va Kannavaro bilan muzokaralar o'tkazilayotganini ma'lum qildi

Sherzod Nurmatov
4 okt 2025, 12:25
O'zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk bor FIFA Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

"Ushbu tarixiy natija mamlakat futboli uchun yangi sahifa hisoblansa, navbatdagi ustuvor vazifa – Jahon chempionatiga puxta tayyorgarlik ko'rish va musobaqada munosib ishtirok etishni tashkil etish.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan bu borada barcha yo'nalishlarda tizimli ishlar boshlab yuborilgan. Jumladan, xalqaro tajribaga ega va Jahon chempionatida ishtirok etgan mutaxassislarni terma jamoaga taklif etish bo'yicha say-harakatlar davom etmoqda. Xususan, O'FA rahbariyati bu borada yaqin o'tmishning yorqin yulduzlaridan biri, Jahon chempionati g'olibi, 2006 yilda dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan taniqli italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro bilan muzokaralar olib bormoqda", – deyiladi xabarda.

Avvalroq Kannavaro O'zbekiston terma jamoasida Yevropa grandlari murabbiylaridan ko'ra ko'proq maosh olishi haqida ma'lumot paydo bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати