Draksler: "Qatarda normal hayot kechirishim mumkin..."
07 okt 2025 19:35
Yangiliklar
Draksler: "Qatarda normal hayot kechirishim mumkin..."
"Bu erda mutlaqo normal hayot kechirishim mumkin... 17 yoshimda "Shalke"da o'ynashni boshlaganimdan beri doimo diqqat markazida bo'ldim. Kutilmaganda, ko'chaga ko'zga tashlanmay chiqa olmay qoldim. Doim oldimga kelib murojaat qilishar, hatto so'rab ham o'tirmay tasvirga olishardi.
JCH-2014 dan keyin, ayniqsa, Parijda menda shunday odat paydo bo'ldi: kepkamni yuzimga tushirib olardim va ajralib qolmaslik uchun odamlarning ko'ziga qaramasdim. Qatarda esa meni nisbatan kamroq odam taniydi. Tanib qolganlar ham oilam bilan ovqatlanayotganimda yoki savdo markazida aylanib yurganimda kelib bezovta qilishmaydi", – dedi Draksler.
2014 yilgi jahon chempioni Draksler ayni paytda Qatarning "Al Ahli" jamoasi safida to'p tepmoqda. U 1 oktyabr kuni OCHL-2 doirasida "Andijon" bilan bahs (0:0)da zaxiradan maydonga tushgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar