"Arsenal" va "Manchester Siti" PSJ futbolchisi uchun raqobatlashadi
07 okt 17:11
Yangiliklar


"Arsenal" va "Manchester Siti" PSJ futbolchisi uchun raqobatlashadi
Angliyaning ikki klubi PSJ markaziy yarim himoyachisi Uorren Zair-Emeriga qiziqish bildirmoqda.
Bu haqda "Caught Offside" xabar berdi.
Manba bergan xabarga ko'ra, franciyalik futbolchiga "Arsenal" va "Manchester Siti" klublari qiziqmoqda. Har ikki klub qishki transfer oynasida yarim himoyachini qo'lga kiritishga harakat qiladi. Bitim 80 million evroga amalga oshishi mumkin.
Avvalroq Zair-Emeri asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotganiga qaramay, Parij klubida qolmoqchi ekani xabar qilingandi.
Yarim himoyachi 2022 yildan buyon PSJda to'p tepadi. U parijliklar libosida 138 o'yinda maydonga tushib, 8 ta to'p kiritdi va 9 ta golga assistentlik qildi. Uning PSJ bilan kelishuvi 2029 yilgacha mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar