APLning ikkita top-klubi Italiya terma jamoasiga da'vogarlik qilmoqda

5 iyun 2026, 10:20
"Manchester Siti" birinchi taklif rad etilganidan keyin yarim himoyachi Elliot Andersonning transferi bo'yicha "Nottingem" bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Taniqli insayder va jurnalist Fabrisio Romanoning ijtimoiy tarmoqlarida xabar berishicha, "o'rmonchilar" futbolchining transferi uchun 116 million evrodan ko'proq mablag' olmoqchi.

Manbaga ko'ra, agar Anderson bo'yicha kelishuv amalga oshmasa, "Nyukasl" xavbeki Sandro Tonali "Manchester Siti" uchun muqobil variant sifatida ko'rilmoqda.

Londonning "Arsenal" klubi ham Italiya terma jamoasi xavbekining o'tishiga qiziqish bildirmoqda.

Tonali "Nyukasl"ga 2023 yilning yozida "Milan"dan o'tgan edi. Yakunlangan mavsumda 26 yoshli o'yinchi barcha turnirlardagi 53 ta o'yinda uchta gol urdi va ettita golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/FabrizioRomano