So’nggi yangiliklar

09:53Месси шарафига "Камп Ноу"да унинг ҳайкали ўрнатилади  0 09:26Португалия терма жамоаси устози Роналдунинг қизили ҳақида фикр билдирди  4 09:20Испания терма жамоасининг собиқ бош мураббийи: "Бундай хатти-ҳаракатлари билан Ямал чўққида узоқ туролмайди"  1 09:00Мбаппе ушбу натижага эришган тарихдаги иккинчи футболчи  1 08:32Португалия ЖЧ-2026 га чиққан тақдирда Роналду биринчи турни ўтказиб юборади  2 08:06"Ал Айн Кубоги". Бугун терма жамоамиз Салоҳ бошчилигидаги Мисрга қарши баҳс олиб боради  5 07:41ЖЧ-2026 саралаши. Африка қитъасида ярим финал учрашувлари бўлиб ўтди  0 02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  18 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  1 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  1 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  3 23:07"Ал Айн Кубоги". Эрон Кабо-Вердени пенальтилар сериясида мағлуб қилди ва финалга йўлланма олди  5

Big name, Big team, Big coach... Yangiliklar

Big name, Big team, Big coach...

O'zbekiston milliy terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi.

Terma jamoamizni Jahon chempionatida ishlagan yoki qaysidir jamoani Jahon chempionatiga olib borgan emas, balki futbolchi sifatida Jahon chempionatini yutgan hamda o'sha yil (2006) "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan Fabio Kannavaro boshqaradigan bo'ldi. Shunday qilib, terma jamoa murabbiylar ro'yxatini familiyasi "K" bilan boshlanadigan kishi anana sifatida davom ettirdi: Kuper, Katanec, Kapadze, Kannavaro... Balki bu ham yaxshilikkadir.

Kannavaroning bosh murabbiy bo'lishi turlicha qabul qilinyapti. Kimdir yaxshi deyapti, kimdir noto'g'ri tayinlov bo'ldi demoqda. Kannavaro futbolchi sifatida katta yutuqlarga erishgan. O'z paytida "Parma", "Yuventus", "Real" kabi klublarda qoyilmaqom o'ynagan, Italiya terma jamoasi sardori bo'lgan. Lekin uning murabbiylik faoliyati haqida maqtanib gapira olmaymiz. Asosan klublarda ishlagan va pulga ko'milgan payti "Guangju Evergrand"ni Xitoy chempioni qilganini hisobga olmasak, boshqa yutug'i yo'q.

Milliy jamoaga yangi murabbiy tayinlashda O'FA bir nechta variantlar ustida bosh qotirgan deyilmoqda. Nomzodlar orasida Yoaxim Lyovdan tortib Slaven Bilichgacha borligi, Fotih Terim bilan ham muzokara olib borilgani quloqqa chalindi. Yakunda esa Fabio Kannavaro bilan shartnoma tuzildi.

Albatta, ko'pchiligimiz nomdor murabbiy kelishini kutgandik. Xususan 2014 yil Jahon chempionatini yutgan Lyov kelsa qaniydi dedik, lekin unday bo'lmadi. Nima uchun rozi bo'lmagani bizga qorong'u. Bir narsani unutmaylik, Lyov kabi o'z darajasini biladigan mutaxassislar nimadir ishga kirishishdan oldin etti o'lchab bir kesadi.

Jahon futboli jamoatchiligida Big name, Big team, Big coach kabi atamalar ko'p uchraydi. Masalan, Ronaldu futbolchi sifatida Big name, Argentina - Big team, Anchelotti - Big coach va hokazo. Nima uchun bularni aytyapmiz? Futbol olamidagi Big coach - katta murabbiylar asosan Big team - katta jamoalar yoki Big club - katta klublarda ishlashni maqul ko'rishadi. Shu orqali ular o'z nomini (Big name) saqlab qolishga intiladi.

Endi o'zimizga keladigan bo'lsak, Kannavaro futbolda Big coach emas va shuni unutmaylikki, O'zbekiston ham Big team emas. Yani, hamma o'z darajasiga qarab murabbiyiga ega bo'ladi. Jahon chempionatiga chiqqanimiz o'zbek futboli yoki O'zbekiston terma jamoasi birdaniga kuchayib qolganini bildirmaydi. Imkoniyat bor edi, shunday foydalanib JCHga chiqdik. Lekin bu hammaning etibori bizga qaratiladi degani emas. Jahon chempionatida bizga o'xshab shov-shuvli chiqqanlar tarixda ko'p bo'lgan.

Masalan, Kannavaro chempion bo'lgan JCH-2006ni olaylik. O'sha mundialni ko'rgan (Zidan kalla qo'ygani esingizda bo'lsa kerak) muxlis sifatida eslashim mumkin, Afrikadan Togo degan jamoa qatnashgandi. Bu jamoa o'zi bir marta Jahon chempionatida ishtirok etgan ekan. Togo tarkibida Emmanuel Adebayor ("Arsenal" futbolchisi)dan boshqa hech kimni tanimasdik. Hozir biz ham Togo kabimiz. Yani, tarkibimizda Husanov yoki Shomurodovdan boshqa butun Evropa taniydigan futbolchi yo'q. Jahon chempionatiga borib O'zbekiston deganda hech kim "vau" demaydi. "Vau" deyishi uchun qancha yillar va mehnat kerak.

2006 yilgi mundialda Togo terma jamoasini germaniyalik murabbiy Otto Pfister boshqargan ekan. Pfisterni bilamizmi? Yo'q. Ammo Otto Rexagelni bilamiz. Xuddi biz kabi Fabio Kannavaro ham Big coach emas va katta murabbiy bo'lib tanilishi uchun ancha mashaqqat chekishi zarur bo'ladi. Futbol jamoatchiligi murabbiy Kannavaroni biladimi? Yo'q. Lekin hamma Fabio Kapelloni biladi.

Masalaga bu tomonlama qarydigan bo'lsak, teng tengi bilan maqoli shu joyga juda mos tushadi. Murabbiylikda nomi chiqmagan Kannavaro futbolda nomi chiqmagan O'zbekiston terma jamoasini qabul qilib oldi va bu normal holat. Ishoning, biz JCHga chiqqanimiz bilan darajamiz u qadar yuqori emas. Katta murabbiylar esa daraja va saviya bor joyga intiladi. Bizning nimamiz bor? 1994 yil Osiyo o'yinlari chempionligi bilan 15 yildan beri ko'krak kerib maqtaydigan Qatardagi Osiyo chempionatida yarim finalga qadar etib borganimizmi? Boshqa hech narsamiz yo'q. Shuning uchun ham Jahon chempionatiga chiqishning o'zi zo'r murabbiylar etiborini qaratishga sabab bo'la olmaydi. Taqqoslash uchun Iordaniya ham JCHga chiqdi, xo'sh nima bo'pti.

Kannavaro tayinlanishini o'zim qanday qabul qildim? To'g'risi, yanada kuchlirog'ini kutgandim. Lekin Big team emasligimizni inobatga olsak, balki Kannavaro bilan boshlab ko'rganimiz maquldir. Har kimga o'ziga mosini oladi. Hozir esa bir savolga javob topish qolyapti: Timur Kapadzening taqdiri nima bo'ladi? Terma jamoa murabbiylar shtabida qoladimi yoki ketadimi?

Bu borada shaxsiy fikrim quyidagicha: Kapadzening terma jamoada futbolchilarga tasiri katta va bosh murabbiy bo'lib ishlab ko'rdimi, buyog'iga Kannavaroga yordamchi bo'lib qolgan taqdirda tasir kuchi baribir Kannavaroga nisbatan ko'proq bo'lishi mumkin. Yani, bu o'rinda futbolchilarning ham Kapadze tasiridan chiqib ketishi oson bo'lmaydi. Bu esa Kannavaroning erkin ishlashiga xalal beradi.

Shuning uchun nima qilish kerak? Terma jamoni Kannavaroning o'ziga qo'yib beraylik. Masalliqniyam o'zi tayyorlasin, oshniyam o'zi pishirsin, biz esa muxlis sifatida mazasini totib ko'ramiz, yoqsa zo'r deymiz, yoqmasa boshqa oshpaz qidiramiz. Bu o'rinda Kapadzening o'choqqa o't qalab turishidan foyda yo'q. Timur Tohirovich umuman boshqa klub yoki terma jamoada mustaqil ish olib borsinki, bu o'zi uchun ham nihoyatda foydali bo'ladi. O'FA Kannavaroga ishonib shartnoma tuzdimi, buyog'iga omad tilaylik, balki omadimiz kelib Kannavaro bilan bir bosqich yuqoriga ko'tarilarmiz.

Shuningdek, yangi murabbiy haqida boshqa kishilardan fikr olayotganda provakacion savollarni to'xtatish kerak deb o'ylayman. Chunki chetdagilar og'ziga kelganini gapiraveradi, ertaga nimadir bo'lsa o'zimiz - o'z terma jamoamiz kuyib qoladi. Shunday paytda hech kim bizga yordam qo'lini uzatmaydi. 


Xayrulla Xoliqov

Reyting: +13   

Fikrlar

+10   
07 okt 17:37:04
Yamamonta Kanske
Kanavaroga omad. Kapadze ketdi, vso. Yegʻlagandan foyda yoʻq. Fabio baribir yevro mazasini koʻrgan, foydali jihatlari koʻp. Yaxshi trener boʻmasayam , yaxshi trenerlani koʻrgan. Roberto Dimateodan ham hich kim CHL yutishini kutmagan, lekin u epladi. Chelsi bilan Bavariyani oʻzini uyidan yutib kubiki Londonga ob keldi. Futbolda qib boʻmidi digan narsani oʻzi yoʻq. Hamma narsani ilojisi bor, faqat buning uchun hamma bir boʻlib harakat qilishi kere.
+5   
07 okt 18:28:22
uzb
Холиқовдан хам зур фекир чиқар экан,хақиқатдан мувлиф айтиб утганидек Конавародан 100% тулиқ унимли фойдаланиши истасак Темурни немидлино термадан узоқлаштиришлари керак,хеч булмаса ЖЧти тугагунча Темурни ердамчи қмлмасликлари керак,ЖЧ утсин кейин ишлайверсин,муалиф айтганидек футболчиларга у тасир кучини утказмай қолмайди
+5   
07 okt 17:49:20
TOMJIQ_OLOT
Зўр мақола! Холис фикрлар... Каннаваро бошчилигидаги Миллий терма жамоамизга омад тилаймиз!
+5   
07 okt 17:29:21
Акрамжон Халилов
Жуда яхши мақола, Канавваро терма жамоамизни гуруҳдан олиб чиқсин, иштаҳамиз очилиб кетиб плей оффда ҳам қайсидир Европа гранд жамоасини уйига равона қилсаю ҳамма негатив фикрлаётганлар хотиржам бўлса, бундан ташқари Ўзбекистон бундан кейинги мундиалларда мунтазам қатнашадиган давлатга айланиши аниқроқ, кейинги ЖЧ га Канавваро ўзи тайёрласин.
+4   
07 okt 17:31:08
Shovruq88
Man bir narsaga ahamiyat berdim
Doyim futbol borasida bir biri bilan urishadigan yuzerlar yani komment yozuvchilar hozir Kannavaro tarafida. Bilasizmi nimaga chunki ular futbolni tushunadi... Va toʻgʻri fikr yozadi.Va Oʻzbek futboli uchun qaygʻurgan insonlar ular!
Komentlarda Kannavaro ha qarshi boʻlyatganlarni man endi koʻrib turibman yani notanish shahslar gaplarida esa qandaydir manfaat yotadi.Yani ular nimadandir quruq qolishyapti.
Uyalinglar iltimos chunki sizdek gʻalamislar ming yillardan beri oʻz manfaati ni halqnikidan ustun qoʻyin nima ishlar qilmagan
+4   
07 okt 17:20:00
Umurzoqov Begali
Xuddi shu maqola kerak edi. Kopadze shu yigʻindan keyin ketishi kerak
Kopadzeni yordamchi boʻlishi Kannavaroni xoxishi emasligi aniq boshidan ishiga Federatsiya aralashishi sharmandalik. Xozirgi holatga Kannavaro shunchaki FIFA kunlaridan 2 kun oldin kelishi sababli koʻz yumish mumkin Lekin keyingisida Kopadze boʻlishi Haqiqatda Sharmandalik boʻladi!!!!
+3   
07 okt 19:46:51
Haqiqat-2
,Хаqiqiy Kazim. foydalanuvchining fikriga javob berish
Котони ебсан тжк
Qalesan ko't)))
+3   
07 okt 19:41:26
Azamat Turgunov
Shu paytgacha Xayrulla Xoliqovdan faqat oldi qochdi maqola kórardim bugun xaqiqiy profissional jurnalist kabi maqola óqidim oxirgacha.. Togoga óxshatisham ajoyib bólgan va bu tôri óxshatish. Terma jamoamizga omad Cannavaro bilan birga. Kapadze azgina ôrganib kesa zôr ish bólardi jaxon murabbiylari shogirdligiga tushib keyin nasib keyingi jaxon chempianatiga ózi tayyorlavurardi
+3   
07 okt 19:28:44
Davron Narziyev
mahkis foydalanuvchining fikriga javob berish
Kannavaro kelgani mayli yaxshilikka bo'lsin, lekin Kapadzega shuncha negativ nima uchun? Qiyin vaqtda masuliyatni bo'yniga olib, natija qilgani uchunmi? Xolis bo'linglar-e
Erkakka o'xshamasdan terma foyfasi uchun gapirmasdan o'zini bechara ko'rsatib turli gap so'zlarni ko'paytirgani uchun. Xuddi hamma undan muttaham, uni kongilchasi millionlab o'zbek futboli muhlislarini hohishidan muhim.
+2   
07 okt 19:26:46
uzb
,Хаqiqiy Kazim. foydalanuvchining fikriga javob berish
Котони ебсан тжк
Козим к*т,копадзени бе никох уғлимисан? Нимага гап копадзе хақида кетди дегунча сани к*тинг қичийди?
+2   
07 okt 18:53:23
Уктам
"Каннаваро бош мураббийи бўлган Ўзбекистон ўйнаябмиз"-деб рақибларимиз ҳаёжонини босолмай қолади энди шекилли.
+2   
07 okt 18:38:27
mahkis
Kannavaro kelgani mayli yaxshilikka bo'lsin, lekin Kapadzega shuncha negativ nima uchun? Qiyin vaqtda masuliyatni bo'yniga olib, natija qilgani uchunmi? Xolis bo'linglar-e
+2   
07 okt 17:52:12
Sho‘rchidan
Deniz Arslanov foydalanuvchining fikriga javob berish
Агар омадимиз келмай каннавапо термада натижа кўрсата олмасачи? Яна безбетларча яна термани копадзега топшириладими? ёки бу сафар африка клубларидан ҳайдалган мураббий сифатида номи чиқмаган биронта "олтин тўп соҳиби" га миллионлаб доллар тўлаб таклиф этиладими?
Nimaga faqat Kopadzega topshiriladi? Nima undan boshqa odam yo‘qmi? Kannavaro eplolmasa, ketadi. Bu oddiy hol-ku butun dunyoda hech kim bo‘ldi aniq natija bo‘ladi deb aytolmaydi-ku. Nega Kannavaro ga bunday talab qo‘yilyapti? Nimaga aynan Kopadzedan boshqalar aytilmayapti?
+1   
07 okt 18:27:04
Americano Vespucci
Yamamonta Kanske foydalanuvchining fikriga javob berish
Kanavaroga omad. Kapadze ketdi, vso. Yegʻlagandan foyda yoʻq. Fabio baribir yevro mazasini koʻrgan, foydali jihatlari koʻp. Yaxshi trener boʻmasayam , yaxshi trenerlani koʻrgan. Roberto Dimateodan ham hich kim CHL yutishini kutmagan, lekin u epladi. Chelsi bilan Bavariyani oʻzini uyidan yutib kubiki Londonga ob keldi. Futbolda qib boʻmidi digan narsani oʻzi yoʻq. Hamma narsani ilojisi bor, faqat buning uchun hamma bir boʻlib harakat qilishi kere.
Fabio orqali ko'pgina o'zbek futbolchilariga A-Seriyaga yo'l ochiladi hudo holasa. Hozirning o'zida Superligamizda 4-5 ta futbolchilarimiz bemalol Italyada o'ynab ketaoladi. Baribir Italiya matbuoti diqqatida bo'ladi bizning futbol, agentlar ham kuzatishadi.
+1   
07 okt 18:08:26
assassin
Агар натижа яхши булса узи уйинчилар яхшиди дейишади агар натижа ёмон булса мураббий ёмон танлашда адашдик дейди тамом Каннаварони ёмонлаётганлар вазиятдан чикади. 2. Агар натижа яхши булса биз айтгандик эплайди деб дейишади. Натижа ёмон булса футболчилар уйнолмаса Гвардиола келсаям фойдаси йукда дейишади тамом Каннаварони макуллаётганлар вазиятдан чикади.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика