"Fabio futbolchi va murabbiy sifatida katta tajribaga ega" – xorijlik mutaxassislar munosabati
07 okt 16:10
Yangiliklar
"Fabio futbolchi va murabbiy sifatida katta tajribaga ega" – xorijlik mutaxassislar munosabati
Futbol agenti Silvano Martino:
"Men Fabioni futbolni eng yuqori darajada o'zlashtirgan o'yinchi sifatida bilaman. Bundan tashqari, u murabbiy sifatida ham yaxshigina tajribaga ega. U Italiyadan tashqarida ko'p ishlagan. Qiyin sharoitlarda ham faoliyat olib borgan. Uning yangi jamoani qanday his qilishi juda muhim. Muvaffaqiyatga erishish uchun yaxshi o'yinchilar va jamoaviy ruh kerak".
Jurnalist Adriano Ankona:
"Menimcha, bu yaxshi tanlov. Italiyada u ikki yil oldin "Udineze"ni qutqarib qolgan edi. Bu voqea esda qolarli bo'lgandi. Fabioning ishini davom ettirmagani uning aybi emas".
"Fiorentina" sobiq darvozaboni Sebastyan Frey:
"Fabioda futbolchilik faoliyatida ulkan va murabbiy sifatida yaxshi tajriba shakllangan. Menimcha, bu jihatlar eng muhimi hisoblanadi. U bu tajribani o'yinchilar bilan baham ko'rishi va ularga o'z kuchiga ishonch uyg'otishi mumkin".

Mashhur murabbiy va futbolchi Valter Novellino:
"Men uni juda yaxshi inson sifatida bilaman. Fabio hozircha murabbiy sifatida katta yutuqlarga erishmagan bo'lsa-da, uning oldida katta imkoniyatlar mavjud. Muhimi, u futbolchilik faoliyatida buyuk murabbiylar bilan ishlagan. U o'yinchilarga ko'p narsalarni o'rgatishi va ularni o'ziga ishonishga undashi mumkin".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади
Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди
Ла Лига. "Сельта" ва "Барселона" ўртасидаги ўйинда 6 та гол урилди, Де Йонг майдондан четлатилди
Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор
Fikrlar
Kannavaroda murabbiy sifatida 2 ta sovrin bor, Kopadzeda 0 ta sovrin. Shu yerdan bilsa bo'ladi kim aslida qanday murabbiy ekanligini. Statistikada ko'rinmaydigan narsalarni, masalan, Kopadze olimpiada termani finalga olib chiqdi, termani JChga olib chiqdi va hokazo o'rtoqlik maqomidagi turnirni yutdi degan narsalarni Kannavaroga nisbatan ishlatsa ham bo'ladi. Lekin faktli joyda bunga to'xtalish shart emas.