"Manchester Siti" Abduqodir Husanov tufayli rejasini ortga suradi
07 okt 15:47
Yangiliklar


"Manchester Siti" Abduqodir Husanov tufayli rejasini ortga suradi
"Manchester Siti" Abduqodir Husanovning munosib o'yinlari tufayli yangi o'ng qanot himoyachisi bilan shartnoma imzolash rejasini muzlatmoqda.
Bu reja kamida keyingi yozga qadar bekor qilinadi. Bu haqda "Sky Sports" malum qildi.
Malumot uchun, "shaharliklar" tarkibida o'ng qanot himoyasida Husanovdan tashqari Mateus Nunes va Riko Lyuis bor.
21 yoshli Husanov ayni paytda jarohatini davolash bilan band. Avvalroq u nechta bahsda qatnashmasligi malum bo'lgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Шу сабабли, Ҳусановнинг ҳимоядаги барқарорлиги Пепга классикроқ қанот ҳимоячиси керак бўлганда катта устунлик беради. Умид қиламизки, жароҳатдан сўнг, Гвардиола айнан унинг бу жиҳатларини қадрлаб, асосий таркибга киритади!