FIFA "Al Nassr" klubiga transfer taqiqi qo'ydi
21 dek 2025 08:02
Yangiliklar
FIFA "Al Nassr" klubiga transfer taqiqi qo'ydi
FIFA Saudiya Arabistonining "Al Nassr" klubiga transfer taqiqi qo'ydi.
Sababi Saudiya Arabistoni klubi 31 avgustga qadar "Manchester Siti"dan Emerik Lyaport transferi uchun to'lovlardan birini (9 mln evro) amalga oshirishi kerak edi, ammo bu bajarilmadi.
Biroq "Al Nassr" uchun yangi futbolchilarni xarid qilishga qo'yilgan taqiqni olib tashlash juda oson — qarzni to'lash kifoya.
Eslatib o'tamiz, 31 yoshli himoyachi 2023 yilning yozida "Man Siti"dan Saudiyaga ko'chib o'tgandi. Shu yilning yozida esa "Al Nassr" himoyachini 10 million evroga "Atletik B"ga sotib yubordi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида йирик ғалабага эришди ва жадвалда биринчи ўринга чиқиб олди
Расман: Престианни дискриминацион хатти-ҳаракат сабаб "Реал"га қарши навбатдаги ўйинда иштирок этмайди
ЕЧЛ. "Интер" сенсацион тарзда Норвегия клубига ютқазиб мусобақани тарк этди, "Ньюкасл" ва "Байер" 1/8 финалда!
Элдор Шомуродов Италияда
Fikrlar