

Ushbu e'tiborga molik ko'rsatkich Toshkentning "Paxtakor" klubiga qarshi kechgan prinsipial bahsga to'g'ri keldi. Uning qo'l ostida "ajdarlar" 263 ta bahsda g'alaba qozongan, 116 ta bahsda mag'lub bo'lgan va 121 ta bahsda durang natijasini qayd etgan.
Ro'ziqul Berdiev 2012 yildan buyon "Nasaf" klubini uzluksiz boshqarib kelmoqda. Shu vaqt ichida Ro'ziqul Berdiev "Nasaf" bilan 2024 yil O'zbekiston Superligasida chempionlikni qo'lga kiritdi. Shuningdek, uning qo'l ostida jamoa to'rt martadan O'zbekiston kubogi va O'zbekiston Superkubogida g'alaba qozongan.



