So’nggi yangiliklar

15:23Гвардиола: "Умид қиламанки, футболчилар терма жамоадан соғлом қайтишади"  0 14:55"Сўғдиёна" Ғузорда "Шўртан" устидан ғалабани тантана қилган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:32Флик "Севилья"дан қабул қилиб олинган шармандали мағлубиятдан кейин ўзини ҳимоя қилди  10 14:03"Арсенал" сардорининг жароҳати ҳақида маълумот берди  0 13:35Ўзбекистон ва Озарбайжон мезбонлик қиладиган U-20 Жаҳон чемпионати ҳақида нималарни биламиз?  2 13:1018 ёшида Ўзбекистоннинг энг яхши футболчиси бўлган Александр Гейнрих 41 ёшга тўлди  63 12:44Жордан Пикфорд Дэвид Симэннинг АПЛдаги ютуғини такрорлади  1 12:19Каннаваро Тошкентда   20 12:10Манба: Ўзбекистон Каннаварога Хитойга қараганда 8 баравар юқори маош таклиф қилган  26 11:49Келишилган ўйинлар ва ўйинчиларнинг миллионлаб пул тикишлари аниқланди  3 11:23"Реал" ярим ҳимоячисини сотишга тайёр. У Гвардиолага керак  2 10:46Италия футболининг яна бир афсонасининг ўғли А Серияда дебют қилди  1 10:15Sofascore. Захирадан майдонга тушган Файзуллаев ҳужум чизиғидагилар орасида энг катта баҳо олганлар орасида. Шомуродов эса...  11 09:42Акмал Рустамов: "Улар айни вақтда жароҳатдан даволанишмоқда"  0 08:48Отабек Нарзуллаев: "Битта хато - мағлубиятга олиб келди"  0

O'zbekiston va Ozarbayjon mezbonlik qiladigan U-20 Jahon chempionati haqida nimalarni bilamiz? Yangiliklar

O'zbekiston va Ozarbayjon mezbonlik qiladigan U-20 Jahon chempionati haqida nimalarni bilamiz?

Shu yilning 2 oktyabr sanasida xushxabar tarqaldi. FIFA navbatdagi U-20 Jahon chempionati 2027 yil O'zbekiston va Ozarbayjonda bo'lib o'tishini rasman elon qildi va bu xabar o'zbek futboli jamoatchiligi tomonidan iliq qarshi olindi.

U-20 Jahon chempionati katta musobaqa hisoblanadi. Aytish mumkinki, bu nufuzi bo'yicha erkaklar o'rtasidagi Jahon chempionatidan keyin ikkinchi o'rinda turadi. Bilasiz, U-23 Jahon chempionati yo'q, bu yoshdagilar o'zlarini Olimpiya o'yinlarida sinab ko'radilar. Shu bois FIFA mundialdan so'ng U-20 Jahon chempionatiga asosiy etiborni qaratadi. Albatta, mezbonlik biz bilan Ozarbayjonga topshirilgach, musobaqaga bo'lgan qiziqish, turnir haqida ko'proq malumotga ega bo'lish ortishi tabiiy. Shu bois bugun U-20 Jahon chempionatida haqida fikr yuritamiz.


Malumot o'rnida

U-20 Jahon chempionati FIFAning 20 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi xalqaro musobaqasi bo'lib, har ikki yilda bir marta (toq yillari) tashkil etiladi. Ushbu kichik mundial ilk bor 1977 yil o'tkazilgan bo'lib, dastlabki Jahon chempionatiga Tunis mezbonlik qilgan. Yana bir malumot shuki, U-20 Jahon chempionati 1977 yildan to 2005 yilga qadar Yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati deb nomlangan, so'ng 2007 yildan etiboran FIFA U-20 Jahon chempionati deya atalmoqda. 

Ko'pchilik bu musobaqani "Ertangi kun yulduzlari turniri" deb ataydi va buni FIFA ham tan oladi. Zero ushbu musobaqa orqali ko'plab yosh yulduzlar muxlislarga tanilgan. O'z paytida Diego Maradona, keyinchalik Messi, Pogba, Xaaland kabi futbolchilar shular jumlasidan. Musobaqaning amaldagi g'olibi Urugvay bo'lib, 2023 yil Argentinada o'tkazilgan kichik mundialda bu jamoa oltin medallarni qo'lga kiritgandi.


Tarixga nazar

Bilasizmi, shu paytgacha U-20 Jahon chempionati 23 marta o'tkazilgan bo'lib, yuqorida aytib o'tganimizdek, ilk kichik mundial 1977 yilga to'g'ri keladi. Mana shu 23 ta musobaqani 12 ta jamoa yutgan. Eng ko'p zafar quchgan jamoa Argentina U-20 termasi hisoblanadi: 6 marta. Keyingi o'rinda 5 ta kubok bilan Braziliya turibdi. Quyida barcha mezbon mamlakatlar hamda chempionlar ro'yxatini keltirib o'tamiz.

1977 y. Mezbon - Tunis. Chempion - Sobiq Ittifoq

1979 y. Mezbon - Yaponiya. Chempion - Argentina

1981 y. Mezbon - Avstraliya. Chempion - G'arbiy Germaniya

1983 y. Mezbon - Meksika. Chempion - Braziliya

1985 y. Mezbon - Sobiq Ittifoq. Chempion - Braziliya

1987 y. Mezbon - Chili. Chempion - Yugoslaviya

1989 y. Mezbon - Saudiya Arabistoni. Chempion - Portugaliya

1991 y. Mezbon - Portugaliya. Chempion - Portugaliya

1993 y. Mezbon - Avstraliya. Chempion - Braziliya

1995 y. Mezbon - Qatar. Chempion - Argentina

1997 y. Mezbon - Malayziya. Chempion - Argentina

1999 y. Mezbon - Nigeriya. Chempion - Ispaniya

2001 y. Mezbon - Argentina. Chempion - Argentina

2003 y. Mezbon - BAA. Chempion - Braziliya

2005 y. Mezbon - Niderlandiya. Chempion - Argentina

2007 y. Mezbon - Kanada. Chempion - Argentina

2009 y. Mezbon - Misr. Chempion - Gana

2011 y. Mezbon - Kolumbiya. Chempion - Braziliya

2013 y. Mezbon - Turkiya. Chempion - Franciya

2015 y. Mezbon - Yangi Zelandiya. Chempion - Serbiya

2017 y. Mezbon - Janubiy Koreya. Chempion - Angliya

2019 y. Mezbon - Polsha. Chempion - Ukraina

2023 y. Mezbon - Argentina. Chempion - Urugvay

2025 y. Mezbon - Chili. Chempion - ???

2027 y. Mezbon - O'Zbekiston va Ozarbayjon. Chempion - ???

Yuqorida mezbon davlatlar va chempionlikni qo'lga kiritgan jamoalar bilan tanishib oldik. Shuni qo'shimcha qilish mumkin, COVID-19 sabab 2021 yilgi kichik mundial o'tkazilmagan. Osiyo qitasidan shu paytgacha (Avstraliyani hisobga olmaymiz) 6ta davlat - Yaponiya, Malayziya, Saudiya Arabistoni, Qatar, BAA va Janubiy Koreya FIFA U-20 Jahon chempionatiga mezbonlik qilgan.


Hozirgi musobaqa qaerda bo'lyapti va formati qanaqa?

U-20 Jahon chempionati 24ta terma jamoa ishtirokida o'tkazib kelinadi. Hozirgi musobaqaga Chili mezbonlik qilmoqda. Kichik mundial 27 sentyabr kuni start olgan bo'lib, 19 oktyabrgacha davom etadi. Musobaqa shifori - "Afsonalar ishlab chiqarishda" deb nomlanadi. Malumki, FIFA har bir yoshdagi mundial payti katta kongress tashkil etadi va yig'ilish payti navbatdagi mezbonni malum qiladi. Bu gal ham shunday bo'ldi. Chilidagi musobaqa start olgach, oradan 

besh kun o'tib FIFA 2027 yilgi U-20 Jahon chempionati O'zbekiston va Ozarbayjonda bo'lib o'tishini elon qildi. Darvoqe bu tarixda bir paytning o'zida ikki mamlakatda tashkil etilgan birinchi kichik mundial bo'ladi.

Chilida davom etayotgan musobaqada 24ta terma jamoa qatnashyapti va jamoalar 4tadan 6 guruhga bo'lingan. O'yinlar to'rtta shaharda  - Santyago, Rankagua, Valparayso va Talkada bo'lib o'tmoqda. O'z-o'zidan stadionlar ham to'rtta: "Estadio Nasonal" (sig'imi 46,190), "Estadio Elisas" (sig'imi 20,575), "Estadio Fiskal" (sig'imi 16,070), "Estadio El Teniente" (sig'imi 12,476).

Hozir musobaqaning guruh bosqich oxirgi tur uchrashuvlari davom etyapti va 1/8 finalga chiqqan aksar jamoalar malum. Turnir formatiga ko'ra, 1-2 o'rinni egallagan jamoalar (jami 12ta) va to'rtta eng yaxshi uchinchi o'rin egalari keyingi bosqichga chiqadi. 1/8 final 7-8-9 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi. Ushbu mundialda Osiyodan to'rtta jamoa borgan: Avstraliya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni. Yaponiya va Janubiy Koreya guruhdan chiqish vazifasini uddaladi. Avstraliya bilan Saudiya Arabistoni esa guruhda qolib ketdi.


Qanday sovrinlar beriladi?

Albatta, musobaqani yutgan jamoaga nimalar berilishi hamda individual sovrinlar ko'pchilikni qiziqtiradi. U-20 Jahon chempionatini yutgan jamoaga oltin medallar bilan birgalikda bosh sovrin kubok topshiriladi. Ikkinchi va uchinchi o'rin egalariga esa mos ravishda kumush, bronza medallar taqdim etiladi.

Bundan tashqari FIFA rasmiylari tomonidan topshiriladigan Golden Ball (eng yaxshi futbolchi uchun), Golden Boot (eng yaxshi to'purar uchun), Golden Glove (eng yaxshi darvozabon uchun) hamda FIFA Fair Play Trophy (feyr pley sohibi) kabi alohida sovrinlar ham bor.

Shu paytgacha "Musobaqaning eng yaxshi futbolchisi" deb topilganlar orasida Diego Maradona (1979), Robert Prosinechki (1987), Seydu Keyta (1999), Xaver Saviola (2001), Lionel Messi (2005), Serxio Aguero (2007), Pol Pogba (2013), Adama Traore (2015), Dominik Solanke (2017) kabi mashhurlar bor. Bundan tashqari Osiyodan faqat ikki nafar futbolchi eng yaxshi deb topilgan: 2003 yil Ismoil Matar hamda 2019 yil Li Kang In ushbu sovringa loyiq ko'rilgan.


O'zbekiston nechta guruhni qabul qiladi?

U-20 Jahon chempionatida 24 ta jamoa ishtirok etishini va jamoalar 6 guruhga bo'linishini aytib o'tdik. Bu degani qaysidir guruhni biz qabul qilamiz. Qaysidir guruh o'yinlari Ozarbayjonda bo'lib o'tadi.

Albatta, nechta guruh qaysi davlatda o'ynashini FIFA taqsimlaydi, shu bois hozirdan nimadir deya olmaymiz. Faqat katta ehtimol bilan O'zbekiston 4ta guruhni olishi mumkin. Guruh o'yinlari-ku mayli, pley-off uchrashuvlari va eng asosiysi FINAL qaerda bo'ladi? Ko'pchilikni shu savol qiziqtirishi turgan gap.


Xayrulla Xoliqov

Reyting:    

Fikrlar

   
06 okt 14:33:14
irgashevirgashev@gmail.com
Final boku olimpiya stadionida bolsa kerak. 70 minga yaqin muxlis sigadi.
   
06 okt 14:14:44
NEWS 24
Nima bolsa xam andijonga 1-2 ta oyindi berilar xamma mazza qiladi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика