

Avvalroq El Debate jurnalisti Tomas Gonsales-Martin Ispaniya chempionati rahbari liga klublaridan biriga hujum qilmasligi kerakligini takidlagan edi.
Bunga javoban Tebas ijtimoiy tarmoqlarda katta post e'lon qilib, unda "Real" prezidenti Florentino Peres va klub televideniesi tomonidan La Ligaga nisbatan bildirilgan tanqidlarni eslatib o'tdi.
Xususan, funkcioner Peresning 2026 yil may oyida aytgan so'zlarini keltirdi: "Bizning doimiy dushmanimiz La Liga bo'lib qolmoqda". O'shanda madridliklar prezidenti ko'proq chempionlik unvonlarini qo'lga kiritishi mumkin bo'lganini, biroq "qolganlarini undan o'g'irlab ketishganini" davo qilgan edi.
Tebas, shuningdek, "Real" rahbariyati La Ligani tizimli korrupsiya va musobaqa natijalarini manipulyaciya qilishda ayblaganini, Real Madrid TV esa chempionatni bir necha bor "Negreyraning iflos ligasi" deb ataganini yodga soldi.
"Qanday qulay doktrina: musobaqani korrupsiyalashgan, uning rahbarlarini dushman, boshqaruvni esa 'Madrid'ga qarshi operaciya sifatida ko'rsatish mumkin. Ammo kimdir chempionatni himoya qilsa, bu klubga qilingan hujumga aylanib qoladi.
Musobaqa nufuzini va uning barcha ishtirokchilari manfaatlarini himoya qilish mening vazifamga kiradi. Jumladan, ularni 'Real' prezidenti shubha ostiga qo'ygan paytda ham. Klubning tarixi va ahamiyati etirofga loyiq, biroq bu tanqiddan immunitet bermaydi va boshqalarni sukut saqlashga majbur qilmaydi.
Shuningdek, Florentino Peresning doimiy ravishda 'Real' bilan tenglashtirilishini qabul qila olmayman. Uning davolarini rad etish, xatti-harakatlarini tanqid qilish yoki klub televideniesiga javob berish - futbolimiz qanday boshqarilayotgani haqidagi munozaraning bir qismidir.
La Liga musobaqaning o'zi hamda o'z tarixi, muxlislari, huquq va manfaatlariga ega bo'lgan va xuddi shunday hurmatga loyiq boshqa klublar mavjudligi tufayli mano kasb etadi", - deb yozdi Tebas.


