Xabi Alonso "Real"dan Vircni kuzatishni so'radi
07 okt 2025 19:58
Yangiliklar
Xabi Alonso "Real"dan Vircni kuzatishni so'radi
Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso Florian Virc bilan yana uchrashishni inkor etmayapti.
Ikki mavsum avval "Bayer" bilan birgalikda Bundesliga chempionligini qo'lga kiritgan. Bu yozda Virc "Bayer"dan "Liverpul"ga, Xabi esa "Real"ga o'tdi. Germaniya terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi "Liverpul"ga moslashishda qiynalmoqda. Shu tufayli Alonso "Real"dan Virc bilan bog'liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib borishni so'radi.
"Bayer" Vircni "Liverpul"ga 125 million funtga sotdi, ammo futbolchi bu mavsum hali samara keltirmayapti. Xabi Vircning muammoasidan xabardor va uning o'zi boshchiligidagi "Real"da muvaffaqiyat qozonishiga ishonadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar