

"Barselona" prezidenti vazifasini bajaruvchi Rafa Yuste kataloniyaliklar klubi "Real" prezidenti Florentino Peresni madridliklar rahbarining bayonotlari sababli sudga bermoqchi ekanini ma'lum qildi.
"G'urur bilan himoyalanish bir narsa, orqavarotdan ish ko'rish esa butunlay boshqa narsa.
Bizni UEFAga 500 ta hujjat jo'natishi bilan qo'rqita olishingiz mumkin deb o'ylaysizmi? Bu odam nimani o'ylayotganini bilmayman. Xo'sh, biz sudda ko'rishamiz va umid qilamanki, ular qilmishlariga yarasha javob oladilar.
"Real" prezidenti hamon "Barselona"ning muvaffaqiyatlarini ko'ra olmayapti. Hasad va g'azab o'rtasida farq bor.
Chindan ham shu odam bizni chempionlik titullarini o'g'irlashda va hakamlar yordamida g'alaba qozonishda ayblashi mumkin deb o'ylaysizmi?
Biz Florentinoni jamoamizni beqarorlashtirishga qaratilgan tuhmat uchun sudga beramiz. Emblemamizga hech kim dog' tushira olmaydi. Hech kim "Barselona" nomini sharmanda qila olmaydi. Shunday ekan, biz sudda ko'rishamiz", – dedi Rafa Yuste.



