Manba: Kecha O'zbekistonga qarshi o'ynagan futbolchi “Real”ga o'tdi

Sherzod Nurmatov
9 iyun 2026, 17:59
“Inter” va Niderlandiya terma jamoasi himoyachisi Denzel Dyumfris “qirollik klubi” a'zosiga aylanmoqda.

Mashhur insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, “Real” 30 yoshli Denzel Dyumfris bilan 2030 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

5.jpg

Mavjud xabarlarga ko'ra, "Inter" niderlandiyalik futbolchi uchun 20 million evro oladi.

Dyumfris 2025/26 yilgi mavsum A Seriyada 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o'tamiz, Dyumfris kecha O'zbekistonga qarshi o'ynagan edi (2:1).

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano