

Bu haqda insayder Yag'iz Sabunjuog'lu xabar bermoqda. Qayd etilishicha, 32 yoshli forvard Istanbul klubining yangi prezidenti Aziz Yildirimning asosiy transfer maqsadi hisoblanadi.
Taniqli insayder Fabricio Romano ham X ijtimoiy tarmog'ida ushbu kelishuv yakunlanganini tasdiqladi va transfer summasini ma'lum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, "Fenerbaxche" o'yinchining o'tishi uchun "Malorka"ga 15 million evro to'laydi.
2025/2026 yilgi mavsumda Muriki La Ligada 23 ta gol urib, "Barselona" a'zosi Lamin Yamal va "Real" hujumchisi Vinisius Juniorni (ikkalasida ham 16 tadan gol) ortda qoldirdi va chempionatning ikkinchi to'purariga aylandi. Undan ko'proq golni faqat "Real Madrid" forvardi Kilian Mbappe (25 ta gol) kiritgan. "Malorka" esa chempionat yakunlariga ko'ra 38 uchrashuvda 42 ochko jamg'arib, 18-o'rinni egalladi va quyi divizionga (Ikkinchi La Ligaga) tushib ketdi.



