

Bu lavozimni ayni paytda "Fulxem"ni boshqarib kelayotgan Marku Silva egallaydi. "Benfika" Silva bilan 2 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishdi, unda hamkorlikni yana bir mavsumga uzaytirish bandi ham ko'zda tutilgan.
Marku Silva "Fulxem"ga qadar "Everton", "Uotford", "Xall Siti", "Olimpiakos", Lissabonning "Sporting" va "Eshtoril-Praya" klublarida bosh murabbiy bo'lib ishlagan.



